Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Hamkorlik | Ro'yxatga o'tish

YEXHT/DIIHB kuzatuvchilari missiyasi ish boshladi

YEXHT/DIIHB kuzatuvchilari missiyasi ish boshladi
Ilgari xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan (DIIHB) saylovlarni baholash bo‘yicha 13 kishidan iborat missiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Markaziy saylov komissiyasida YEXHT/DIIHB missiyasi xalqaro kuzatuvchilariga mandatlar topshirilishi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar fikr almashish va o‘zaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish imkoniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov DIIHB vakillariga Markaziy saylov komissiyasi amaliyotida birinchi marta joriy yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Konsepsiya haqida so‘zlab berdi hamda ushbu Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida YEXHT/DIIHB missiyasi ekspertlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga, jumladan, O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar, O‘zbekiston Ekologik harakatining saylovda ishtirokining huquqiy asoslari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ushbu harakatdan deputatlarni saylash tartibi to‘g‘risidagi savollarga javob oldilar. – Biz O‘zbekiston tomonining hamkorlikka tayyor ekaniga guvohi bo‘ldik va birgalikda samarali ishlay olamiz deb o‘ylayman, – dedi YEXHT/DIIHB missiyasi rahbari Iolanda Brunetti. – Missiyamiz O‘zbekistonga saylovlarni o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida tashrif buyurdi. Men mamlakatingizda saylov qonunchiligining rivojlanishini izchil kuzatib kelmoqdaman va hozirgi kunda bu borada ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz berganiga ishonch hosil qildim. Missiya rahbarining ta’kidlashicha, DIIHB saylovlarga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish uchun mamlakatimizning turli hududlaridagi bir qancha saylov uchastkalarini borib ko‘rishni rejalashtirmoqda. Missiya ekspertlari O‘zbekistonda 31 dekabrgacha bo‘ladi. Missiya o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish, shuningdek, DIIHBning avvalgi tavsiyalarining amalga oshirilishini baholaydi hamda baholash yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlaydi. Ekspertlar davlat organlari vakillari, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar, sud organlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

http://www.uza.uz/

4404

10Dekabr 2009



Dolzarb mavzular