Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Hamkorlik | Ro'yxatga o'tish

Saylov ochiq va oshkora o'tishiga ishonamiz

Joriy yil 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin kuzatuvchi kuzatib borishi kutilmoqda. O’zA muxbiri mamlakatimizga kelgan ba’zi kuzatuvchilarning dastlabki taassurotlari bilan qiziqdi. Evgeniy Sloboda, MDH Kuzatuvchilar missiyasi shtabi rahbarining o’rinbosari: – Mamlakatingizda saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rilgani, barcha sharoit yaratilganining guvohi bo’ldik. Saylovning ochiq va oshkora o’tishini ta’minlash maqsadida ko’plab xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar taklif etilgani diqqatga sazovor. Bu saylovning haqqoniy o’tishiga ishonchni oshiradi. Biz saylov qonunchiligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularga kiritilgan o’zgarishlar hamda Markaziy saylov komissiyasining faoliyati, saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Har bir davlat o’z saylov tizimini yaratish va joriy etish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlik o’rinlari soni 120 tadan 150 taga ko’paytirilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, inson salomatligini yaxshilash masalalari nazarda tutilib, 15 deputatlik mandati O’zbekiston Ekologik harakati a’zolariga berilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan MDH Kuzatuvchilar missiyasi o’rtasida yaqin hamkorlik o’rnatilgan. Missiyamiz turli viloyat va shaharlarda bo’lib, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotlari bilan yaqindan tanishishni rejalashtirgan. Men O’zbekistonda 2004 yili parlament va 2007 yili bo’lib o’tgan prezident saylovlarida ishtirok etganman. O’shanda saylov uchastkalarining muhtasham saroylarda, muassasalar, idora va tashkilotlarning, o’quv yurtlarining zamonaviy binolarida, madaniyat uylarida tashkil etilganini ko’rib, O’zbekistonda saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va imkoniyatlarga havasim kelgan edi. O’zbekiston, xususan, Toshkent shahri yil sayin go’zallashib borayotir. Bu yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xalq farovonligini yuksaltirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar har qanday kishining havasini keltiradi.

http://www.uza.uz/

4103

16Dekabr 2009



Dolzarb mavzular