Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Hamkorlik | Ro'yxatga o'tish

Xolislik – kuzatuvchilar faoliyatining mezoni

Avval xabar qilinganidek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etadigan MDH Ijroiya qo’mitasining kuzatuvchilari missiyasi shtabi ishga kirishdi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida missiya shtabi rahbari, MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – ijrochi kotibining birinchi o’rinbosari Vladimir Garkun bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bo’lajak saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va bu borada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan konsepsiyaning ijro etilishi haqida axborot berdi. Saylov kampaniyasi bu sohadagi xalqaro standartlarga javob beradigan milliy saylov qonunchiligiga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik kabi demokratik tamoyillarga to’la mos holda tashkil etildi va o’tkazilmoqda.
Suhbat asnosida MDH Ijroiya qo’mitasi kuzatuvchilari missiyasi shtabi rahbari parlamentning quyi palatasiga saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalar, Qonunchilik palatasi deputatligiga ro’yxatga olingan nomzodlar uchun saylovoldi tashviqotini olib borish uchun yaratilgan teng imkoniyatlar, saylovchilar ro’yxatini tuzish va aniqlashtirish jarayoni, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti yanada liberallashtirilishi va demokratlashtirilishi sharoitida milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda o’tkazilayotgan bu galgi saylov kampaniyasining o’ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.
– MDH Ijroiya qo’mitasi kuzatuvchilari missiyasi O’zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish bo’yicha o’z vazifalarini amalga oshirishga katta mas’uliyat bilan yondashadi, – deydi V.Garkun. – Missiya tarkibiga 84 nafar kuzatuvchi kiritilgan. Saylov monitoringini amalga oshirish bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida ular mamlakatning barcha hududlarida, saylov okrugi va uchastkalarida faoliyat yuritadi. Missiya bu borada turli mamlakatlardagi saylovlar bo’yicha amalga oshirgan 50 ta kuzatuvi davomida to’plangan tajribaga asoslanadi. O’z faoliyatimizda biz faqat bevosita kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlarga asoslanamiz. Saylov jarayonini xolis o’rganish asnosida missiyaning O’zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish natijalari bo’yicha yakuniy bayonoti tayyorlanadi va saylovning ertasi kuni taqdim etiladi.

http://www.uza.uz/

5501

19Dekabr 2009



Dolzarb mavzular