Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Hamkorlik | Ro'yxatga o'tish

Saylovchilar bilan uchrashuvlar ochiq va faol o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga joriy yil 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovni xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin kuzatuvchi kuzatib borishi kutilmoqda. O‘zA muxbiri mamlakatimizga kelgan ba’zi kuzatuvchilarning dastlabki taassurotlari bilan qiziqdi.

Iolanda Brunetti xonim – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi rahbari:

– O‘zbekistondagi saylov jarayonlarini baholashda 14 kishilik missiyamiz bilan ishtirok etamiz. O‘zbekiston saylov qonunchiligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Ekologik harakati saylovda ishtirok etishining huquqiy asoslari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ushbu harakatdan deputatlar saylash tartibi, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdik.

Missiyamiz a’zolari O‘zbekistonning turli hududlaridagi bir qancha saylov uchastkalarini borib ko‘rishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, davlat organlari vakillari, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar, sud organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz. Shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Xorazm viloyatlarida bo‘ldik. Siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashdik. Siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari bilan yaqindan tanishdik. Siyosiy partiyalar vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va faol o‘tayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Nomzodlarning o‘ziga ishonchi mustahkam ekani, o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygani e’tiborga molik.

O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, Orol muammosini bartaraf etish kabi masalalar doimiy e’tiborda. 15 deputatlik mandati O‘zbekiston Ekologik harakati a’zolariga berilgani atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonun loyihalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Missiyamiz ekspertlari o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonda saylov o‘tkazilishini, shuningdek, tashkilotimiz tomonidan berilgan avvalgi tavsiyalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni baholaydi hamda baholash yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlaydi.

Xizmat safari yuzasidan O‘zbekistonga bir necha marta kelganman. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarda bo‘lganman. Yurtingizdagi tarixiy obidalar, me’moriy yodgorliklar har qanday kishini hayratga soladi. Shaharlaringizning infratuzilmasi tobora takomillashib, yanada zamonaviy tus olayotir. Yangi yo‘llar, inshootlar, turar-joy binolari barpo etilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

So‘nggi yillarda mamlakatingizda yangi, zamonaviy kasb egalari ko‘paymoqda. Bu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi tarmoqlari vujudga kelib, izchil rivojlanayotgani bilan bog‘liq. Jumladan, sayyohlik agentliklari ko‘payib, ularning faoliyati takomillashmoqda. Ko‘chalarda avtomobillarning ko‘pligi xalqning turmush darajasini ko‘rsatadi.

Xalqingiz yuksak madaniyati bilan ham ko‘pchilikning e’tiborini tortadi. O‘zbekistonga har kelganimda jamiyatda xotin-qizlar mavqei oshib borayotganining guvohi bo‘laman. Xotin-qizlarning siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ijod kabi sohalardagi faolligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

http://www.uza.uz/

4069

21Dekabr 2009



Dolzarb mavzular