Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston saylov ruhi bilan yashamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar, yetakchi ekspertlar kelmoqda. Ularning ayrimlari O‘zA muxbirlariga yurtimiz haqidagi taassurotlari, saylovga ko‘rilgan tayyorgarlik to‘g‘risidagi fikrlarini bayon etdi.


 Jon Jong, “Mantel Holland” kompaniyasi bosh direktori (Niderlandiya):

 

– O‘zbekistonning saylovga oid qonun hujjatlari bilan tanishib, yurtingizda xalqaro andozalarga to‘la javob beradigan saylov tizimi yaratilganiga amin bo‘ldim. Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar mamlakatingizning demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi amaliy ishlarning davomidir.

 

O‘zbekistonga kelib, xalqingiz saylov ruhi bilan yashayotganiga guvoh bo‘ldim. Markaziy saylov komissiyasi keng va rejali faoliyat yuritmoqda. Bu saylovning ko‘ngildagidek o‘tishiga xizmat qiladi. Biz, kuzatuvchilarga saylov kuni o‘zimiz istagan uchastkaga borib, saylov jarayonlarini kuzatish huquqi berilgan. Bu saylovga tayyorgarlik ishlarini chuqurroq o‘rganish uchun juda katta imkoniyatdir.

 

Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda. Bu borada mintaqada yetakchi mamlakatlardan bo‘lgan O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi muttasil o‘sib borayotgani yurtingiz iqtisodiy qudrati tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Bunday muvaffaqiyatlarda O‘zbekistonda to‘g‘ri va oqilona yuritilayotgan siyosat muhim omil bo‘lmoqda.

 

Evgeniy Kozyak, MDH Ijroiya qo‘mitasi maslahatchisi:

 

– O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida uchinchi bor ishtirok etmoqdaman. Har safar saylovlarni tashkil etish saviyasi tobora yuksalayotganiga guvoh bo‘laman. Mamlakatingizda saylovga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar tizim rivojida juda muhim qadam bo‘lgan. Barcha saylov uchastkalari zarur vositalar bilan jihozlangani, saylovchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani e’tiborga molik.

 

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotlarini kuzatib bormoqdamiz. Nomzodlarning o‘z targ‘ibot va tashviqotlarini o‘tkazishi uchun har bir tomonga teng huquq va imkoniyatlar ajratilgani diqqatga sazovor.

 

Saylov sabab Yer yuzining sayqali – go‘zal va betakror Samarqandni ziyorat qilib, ruhiy quvvat oldim. Bunday fusunkor va tarixga boy shahar dunyoda juda kam. O‘zbekiston, xususan, Toshkent shahri yil sayin go‘zallashib borayotganiga guvoh bo‘ldim. Ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, muhtasham inshootlar, keng va ravon yo‘llar, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar har qanday kishining havasini keltiradi.

 

Abdulla Xo‘ja (AQSh):

 

– O‘zbekiston saylov jarayoni izchil takomillashib bormoqda. Yurtingizda Qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar o‘z samaralarini berayotir. Ko‘plab mamlakatlar bu borada O‘zbekistondan o‘rnak olsa arziydi.

 

O‘zbekiston Ekologik harakatining faoliyati, uning a’zolariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 15 deputatlik mandati berilgani e’tiborga molik. Bu atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga qarshi kurashish, aholi salomatligini yaxshilash ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar samaralari kishini lol qoldiradi.

 

Gosia Kozatsuk, “Mantel Holland” kompaniyasi menejeri (Niderlandiya):

 

– O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha jabhalarda, jumladan iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik kabi sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. Xalq farovonligi muttasil yuksalib, mamlakatingizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshmoqda. Bu davlatingiz tanlagan milliy taraqqiyot yo‘li g‘oyat to‘g‘ri ekaniga yorqin misoldir. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.

 

O‘zbekistonda parlament quyi palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlarni o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldim. Har bir mamlakatning milliy saylov tizimi bo‘ladi. O‘zbekistonning mazkur sohaga oid qonun hujjatlarida xalqaro talablarga to‘la javob beradigan barcha zarur jihatlar aks etgan.

 

Iroda Umarova, Nodira Manzurova, O‘zA

8026

17Dekabr 2014



Dolzarb mavzular