Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistondagi saylovlar – taraqqiyot mezoni

O‘zbekistonga parlament saylovlarini kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilar kelishi davom etmoqda.

 

Den PETERSON, Sietl universitetining ilmiy tadqiqot dasturlari koordinatori, “Sietl – Toshkent” birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi raisi (AQSh):

 

– Avvalambor, O‘zbekistonda bizni yorug‘ yuz bilan kutib olishgani uchun minnatdorman. Mamlakatingizga uchinchi marta kelishim. Har safargi tashrifimda yoqimli o‘zgarishlar, barqaror taraqqiyot sur’atlarining guvohi bo‘laman, qolaversa, yangidan-yangi bunyodkorlik durdonalariga ko‘zim tushadi. Quvonarlisi, bunday yangilanishlar birodar shahrimiz – Toshkentning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, uni tobora obod etayapti.

 

Kuzatuvchi sifatida Toshkent shahridagi beshta saylov uchastkasi faoliyatini borib ko‘rdim. Ularning barchasi katta siyosiy-ijtimoiy jarayon uchun shay holatga keltirilgan. Zarur moddiy-texnika bazasi, huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Saylovchilarning ro‘yxati shakllantirilgan. Yashirin ovoz berish kabinalari jihozlanib, qutilar o‘rnatilgan. O‘z navbatida, uchastkalarga biriktirilgan malakali mutaxassislar saylov qonunchiligidan chuqur xabardor. Har qadamda deputatlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlar, plakatlar, ovoz berishga chaqiruvchi shiorlarga ko‘zingiz tushadi. Bu ham saylovga ko‘rilayotgan qizg‘in tayyorgarlik, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat ko‘lamini ko‘rsatib turibdi.

 

Miriam GOM,

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyasi vakili (Fransiya):

 

– Namangan viloyatidagi okrug saylov komissiyasiga borganimizda, bu yerda saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilganiga guvoh bo‘ldik. Barcha shart-sharoitga ega binoda ish qizg‘in. Hamma uchastkalar taxt holatga keltirilgan. Bunga 44-To‘raqo‘rg‘on saylov okrugidagi 371-saylov uchastkasiga tashrifimiz davomida ham ishonch hosil qildik.

 

Biz siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti, aholi bilan uchrashuvlarini kuzatayapmiz. Qayd etish kerakki, har ikki tomonga ham teng huquq va imkoniyatlar berilgan. O‘ylaymizki, O‘zbekiston saylov qonunchiligining takomillashtirilgani saylovlarning ilg‘or demokratik mezonlar – oshkoralik, erkin xohish-istak bildirish va ko‘ppartiyaviylik prinsiplariga mushtarak tarzda o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.

 

Pan DAVEY,

Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarini o‘rganish markazi direktori (Xitoy):

 

– Shubhasiz, saylovlar – O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeadir va xorijning qator davlatlari qatorida bu bizning ham qiziqishimizni uyg‘otayapti. E’tirof etish kerakki, mamlakatingiz huquqiy demokratik davlat barpo qilish yo‘lidan qat’iy borib, barqaror rivojlanayapti.

 

Akademiyamiz yurtingizdagi qator ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda, davlatingizning Shanxaydagi konsulligi bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

 

Masalan, yaqinda fuqarolik jamiyatining noyob instituti – mahalla faoliyati bilan yaqindan boxabar bo‘ldik. O‘zbekiston boy tarixi, xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini hisobga olib, shuningdek, dunyo tendensiyalariga hamohang tarzda fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan borayapti. Bu mamlakatni demokratlashtirishning muhim shartlaridan biridir.

 

Bo‘sag‘adagi saylovlar mutlaqo boshqacha sharoitlarda, yangilangan qonunchilikka binoan o‘tkaziladi. Yakshanba kuni kuzatuvchilarimiz guruhi saylov uchastkalariga borib, jarayonni sinchiklab kuzatadilar. Ular muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonamiz.

 

Muhammad Ja’far SIDDIQ,

yozuvchi, publitsist, Indoneziya jamoat va siyosiy arbobi:

 

– O‘zbekistonda oldingi parlament saylovlarida ham qatnashganman. Shunday buyon ko‘plab sohalarda ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, mamlakatingiz Prezidenti rahbarligida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni yangilash jarayonlari yanada rivojlanib, yangi bosqichga kiribdi. Xususan, saylov yakuniga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan partiya Bosh vazir nomzodini ko‘rsatadi. Bu tamoyil esa, shubhasiz, demokratiyaning eng yorqin ko‘rinishlaridan biri sanaladi.

 

Masato XIVATARI,

Xokkaydo Universiteti professori (Yaponiya):

 

– Qisqa vaqt ichida yurtingiz katta yutuqlarga erishdi. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida ko‘plab o‘xshash jihatlar bor. Mamlakatingizda saylovchilar uchun tanlash muqobilligini ta’minlaydigan ko‘ppartiyaviylik tizimi samarali faoliyat yuritmoqda. Yaqinlashib kelayotgan saylov fuqarolar hayotida muhim siyosiy voqeaga aylanishi, fuqarolik jamiyatini yanada taraqqiy toptirishga yangi turtki bo‘lishi, shubhasiz.

 

Jerardus LANGEDIJK,

“Mantel Holland BV” kompaniyasi departament rahbari (Niderlandiya):

 

– O‘zbekiston hayotidagi muhim siyosiy voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy davlat boshqaruvi vakillik organlari uchun saylovlarga sanoqli kunlar qoldi. Toshkent ko‘chalarida ham deputatlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlar joy olgan plakatlar, bannerlar, saylovda qatnashishga chorlovchi chaqiriqlarga ko‘zingiz tushadi. Bu mamlakatingizda bo‘lajak saylovlarni o‘tkazish masalasiga katta mas’uliyat bilan yondashilayotganidan dalolatdir. Milliy saylov qonunchiligini o‘rganib chiqar ekanman, yurtingizda xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan saylov tizimi yaratilganiga ishonch hosil qildim. Ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar fuqarolar saylov huquqini to‘la-to‘kis ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgandim. Sarmoyador sifatida yurtingizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ekologik muammolarni hal qilishga bo‘lgan munosabat menga juda ma’qul kelgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining 15 tasi O‘zbekiston ekologik harakati a’zolariga kvotalash asosida berilgani ham bu boradagi fikrimga bir misol bo‘la oladi.

 

Neri YuShVAYeV-KAVALER,

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi vitse-prezidenti:

 

– Andijon viloyatidagi saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdim. Jumladan, Andijon shahridagi umumta’lim maktablarida joylashgan qator saylov uchastkalarida bo‘ldim. Saylovlarga tayyorgarlik holati, saylovoldi tashviqot tadbirlarining borishini o‘rgandim. Saylov komissiyalari a’zolari deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini o‘tkazishga ko‘maklashmoqda, saylovda birinchi bor ovoz beradigan yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, bu yerda saylovoldi kampaniyasi qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan.

 

Saidjon MAXSUMOV,

Ziyoda AShUROVA,

«Xalq so‘zi» muxbirlari.

8942

19Dekabr 2014



Dolzarb mavzular