Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari butun dunyoga ma’lum

Mamlakatimizda 21-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonini turli davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 300 nafardan ortiq vakili kuzatadi. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Aleksandr Sinker, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari instituti direktori, Saylov tizimlarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro markaz prezidenti (Isroil):

 

– Saylovga tayyorgarlik jarayoni, deputatlikka nomzodlarning dasturi, saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik.

 

O‘zbekistonda demokratik va ochiq saylovlarni, siyosiy partiyalar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali me’yoriy-huquqiy baza mavjud. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylovga oid qonunlarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bu jarayonni umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga muvofiq o‘tkazish bo‘yicha huquqiy kafolatlarni kuchaytirdi. Ayniqsa, Markaziy saylov komissiyasiga boshqa hokimiyat organlarining hech qanday aralashuvisiz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni ta’minlaydigan konstitutsiyaviy organ maqomi berilgani diqqatga sazovor.

 

Mariya Lyudovika Leali, “Evropa xotin-qizlari lobbisi” tashkilotining Italiyadagi bo‘limi bosh kotibi:

 

– O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan birga, ularning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tahsinga loyiq.

 

Davlat va jamiyatni boshqarishda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan hokimiyat vakillik organlariga saylovlarda deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda xotin-qizlar uchun kamida 30 foizlik kvota belgilangani, mamlakatingizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar a’zolari safida xotin-qizlar ko‘payib borayotgani e’tiborga molik.

 

Ekxard Priller, Germaniya fuqarolik faolligi federal tarmog‘i ishchi guruhi rahbari:

 

– Saylov har bir mamlakat hayotida tarixiy, siyosiy voqea. Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish men uchun katta sharaf. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi islohotlar yuksak bahoga arziydi.

 

Mamlakatingizda bu borada o‘rganganlarimdan o‘z ilmiy ishimda foydalanish niyatidaman. Zotan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan, Germaniyada ham juda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular nafaqat xalqaro andozalarni, balki milliy mentalitet omillarini ham o‘zida mujassam etgani bilan e’tiborimni tortdi.

 

O‘zbekiston parlamentida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan siyosiy partiyaga Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish vakolatining berilishi muhim ahamiyatga molik. Bu tamoyil siyosiy partiyalarning saylovda yanada faol ishtirok etishiga va ular o‘rtasidagi o‘zaro raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Ekologik harakatidan 15 deputat saylanishi alohida, o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu ekologiya sohasiga oid qonunlarni yanada takomillashtirishga, atrof-muhit muhofazasini yaxshilashga, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga katta hissa qo‘shadi.

 

Kirill Serdyukov, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi:

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida o‘tgan uchrashuvda bizga mamlakatingiz saylov tizimida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, bu boradagi milliy qonunchilik, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, vazifalar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shularga asoslanib, O‘zbekistonda o‘tajak saylovlar ochiq, oshkora va xolisona o‘tadi, deb ishonch bilan aytish mumkin.

 

Toshkentning bugungi go‘zal va fusunkor qiyofasi, bag‘rikeng va g‘oyat xushmuomala odamlaringiz qalbimdan chuqur joy oldi.

 

Nodira Manzurova, Iroda Umarova, O‘zA

10213

20Dekabr 2014



Dolzarb mavzular