Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tayotgani demokratiya namoyishidir

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish uchun yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimiz saylov qonunchiligi, saylov uchastkalaridagi sharoitlar bilan tanishmoqda. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

 

Li Szi, Shensi pedagogika universitetining Markaziy Osiyo instituti direktori (Xitoy):

 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatingizda ikki palatali parlament tizimi joriy etilgani O‘zbekistonni demokratlashtirish va bu boradagi islohotlarni yanada izchil amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

 

O‘zbekistonning dunyodagi, jumladan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi nufuzi mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim. Mamlakatingizda demokratiya tamoyillariga amal qilinayotgani va jadal iqtisodiy yuksalish xalq farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega va shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari mamlakatingiz bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda.

 

Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tayotgani O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllangani va saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la mos kelishidan dalolatdir.

 

Karlis Kamradzis, Latviya Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari:

 

– Har bir mamlakat o‘z qonunchiligini yaratishda, saylov tizimini joriy etishda milliy tamoyillarni ham inobatga oladi. Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarni kuzatish jarayonida ana shu jihatlarga ham alohida e’tibor qaratishi lozim. O‘zbekistonda mazkur mas’uliyatli jarayon qanday o‘tishi, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish biz uchun g‘oyat qiziq va muhim.

 

O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan Ekologik harakatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan deputatlik o‘rinlarining berilishi mamlakatingizda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga yorqin misol bo‘la oladi.

 

Radxa Krishnan, Gandi memorial jamg‘armasi raisi (Malayziya):

 

– O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan o‘rni tobora mustahkamlanmoqda.

 

Saylovlarni o‘tkazishga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilganini alohida ta’kidlashni istardim. Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘liq amalga oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, siyosiy partiyalarning faol ishtiroki ta’minlangan. Ayniqsa, O‘zbekiston xotin-qizlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etayotgani, siyosiy partiyalardan deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi qonunchilik normasi alohida e’tiborga sazovor.

 

O‘zbekistonga har gal kelganimda barcha sohalarda, xususan, ta’lim jabhasida erishilayotgan muvaffaqiyatlardan hayratlanaman va quvonaman. Ayniqsa, yurtingizda chet tillarini o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatingiz yoshlari ko‘plab xorijiy tillarda, xususan, ingliz tilida erkin so‘zlayotganini ko‘rib, qoyil qoldim. O‘zbekistonda ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab o‘qitish yo‘lga qo‘yilgani mamlakat ertasini o‘ylab, yosh avlod kamolotini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan juda maqbul ishlardan hisoblanadi.

 

Vittorio Jorji, advokat (Italiya):

 

– O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bosqichma-bosqich va izchil islohotlar samarasida eng yuksak demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos saylov tizimi yaratilgan. Saylov to‘g‘risidagi qonunlaringizda xalqaro tajriba va mamlakatingiz amaliyoti hisobga olingani ahamiyatlidir. Saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor.

 

O‘zbekiston – zamonaviy, demokratik davlat. Mamlakatingiz 23-yil mobaynida Prezident Islom Karimov rahnamoligida o‘z maqsadlariga mos rivojlanish yo‘lini tanladi va undan og‘ishmay, izchil bormoqda. Buning natijasida mamlakatingiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. O‘zbekistonda zamonaviy iqtisodiy industriya shakllantirilgani ham alohida e’tiborga sazovor. Masalan, “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” maxsus iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi, chet ellik investorlarning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan barcha shart-sharoit ularning mamlakatingiz bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishini tobora oshirmoqda.

 

Nodira Manzurova, Iroda Umarova, O‘zA

8811

20Dekabr 2014



Dolzarb mavzular