Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Yosh nomzodlar – yoshlarga oid siyosat samaradorligining ko‘rsatkichidir

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu muhim siyosiy voqeaga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

 

Masato Xivatari, Xokkaydo universiteti professori (Yaponiya):

 

– Toshkent shahri va viloyatidagi bir qancha saylov uchastkalarida bo‘ldim va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdim. Tayyorgarlik ishlar yuqori darajada amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlarining keng jalb etilgani samarasidir. Nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik fuqarolik jamiyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlari tizimida parlamentning rolini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan yaxshi xabardorman. Ayni paytda siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda roli sezilarli ravishda kuchaytirilib, mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etmoqda. Yuqori daraja o‘tkazilgan saylovoldi kampaniyalari ham bundan dalolat beradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ro‘yxatida xotin-qizlar va yoshlarning ko‘pligi e’tiborga loyiqdir. Bu O‘zbekiston xotin-qizlari mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol jalb etilayotganini tasdiqlaydi. Ular orasida yosh nomzodlarning ko‘pligi esa O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligining yorqin ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yangi tarkibida yosh deputatlar safining kengayishi qonun ijodkorligi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonaman.

 

O‘zbekistonda saylovga bir kun qolganda saylovoldi tashviqotlari to‘xtatiladi. Bu norma saylovchilarning saylovoldi kampaniyalarida olgan ma’lumotlarni chuqur anglab, 21-dekabr kuni to‘g‘ri qaror qabul qilishida muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman.

 

O‘zbekistonga birinchi marta o‘n yil avval kelgandim. Shu vaqt ichida mamlakatingiz qiyofasi tubdan o‘zgargan. Yangi binolarning bunyod etilayotgani, shahar va qishloq infratuzilmasi rivojlantirilayotgani, zamonaviy mehmonxonalar, restoranlar va boshqa obyektlar tarmog‘ining yanada kengaytirilayotgani mamlakat va xalq farovonligi tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.

 

Katerin Fiankan-Bokonga, Shveytsariya va Lixtenshteyn Xorijiy matbuot uyushmasi vitse-prezidenti:

 

– Saylovlarning ochiq va oshkoralik prinsipi asosida o‘tkazilishi har qanday demokratik davlat hayotida muhim ahamiyatga ega. Xalqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar orqali o‘z xohish-irodasini bildirishini ta’minlash O‘zbekistonni demokratik rivojlantirish yo‘lida erishilayotgan muvaffaqiyatlarning kafolatidir. Yurtingizda saylovoldi tayyorgarliklarining yuksak saviyada tashkil etilgani ko‘plab mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Siyosiy partiyalarga o‘z dasturi mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazishda ko‘maklashayotgan ommaviy axborot vositalari aholini saylov jarayoniga jalb etishda alohida o‘rin tutadi. Ayni paytda turli partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarning ommaviy axborot vositalaridan teng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham muhimdir. O‘zbekiston qonunchiligida ushbu normaning mustahkamlab qo‘yilgani saylovlarni adolat va tenglik tamoyili asosida o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Bobur Obidov, O‘zA

7726

20Dekabr 2014



Dolzarb mavzular