Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Maykl Tomas: «O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlar boshqa davlatlar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qila oladi»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar jarayonida xalqaro kuzatuvchi missiyasini bajargan “Pathfinder Trade&Invest” kompaniyasi ijrochi direktori Maykl Tomas (Buyuk Britaniya) o‘z mamlakatiga qaytganidan so‘ng “Jahon” axborot agentligiga intervyu berdi. Muxbirimiz bilan suhbat chog‘ida u yurtimizda o‘tkazilgan parlament saylovlari xususidagi fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

 

– Mamlakatingizda ovoz berish jarayonlarini monitoring qilish uchun oltita saylov uchastkasida bo‘ldim, – dedi u. – Bundan tashqari, O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida ham ishtirok etdim.

 

Aytish joizki, saylovda tashkilotchilar tomonidan ham, aholi tomonidan ham mazkur jarayonga jiddiy yondashuv sezilib turdi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, xohish-irodasini bildirish uchun ko‘p sonli saylovchilarning ovoz berishga kelgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shubhasiz, ular mamlakat taraqqiyotining kelajagi ushbu voqelik bilan bevosita bog‘liq ekanligini juda yaxshi anglab yetishgan.

 

Saylov uchastkalari ham juda to‘g‘ri tashkil etildi. Xususan, uchastkalarning har biriga ikki-uch ming nafar aholi biriktirilgan ekan. Bu odamlarning to‘planib qolishlari hamda uzoq navbat kutishlariga ehtiyoj qoldirmadi. Yashirin ovoz berish uchun alohida bo‘lmalarning tashkil qilingani ham saylovchilarga hech qanday aralashuvlarsiz o‘zlari tanlagan nomzodni yoqlashlariga qulay imkoniyat tug‘dirdi.

 

Tashkilotchilar ovoz berishni rag‘batlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitni muhayyo qilishdi. Shifokorlarning doimiy navbatchilikda turishgani, ovoz berishga kelgan bolali ayollar uchun maxsus ona va bola xonasining tashkil etilgani ana shular jumlasiga kiradi.

 

Saylovchilarga hech qanday bosim o‘tkazilmadi, ovoz berish juda erkin, adolatli hamda shaffof tarzda o‘tdi.

 

Saylov uchastkalaridagi ochiq va amaliy muhit menga hamda boshqa xalqaro kuzatuvchilarga o‘z missiyalarini xotirjam va hech qanday to‘siqlarsiz bajarish imkonini yaratdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasi ham juda mazmunli kechdi. Mening fikrimcha, Ekoharakat mamlakatda atrof-muhitni himoya qilish va sanoat rivojlanishi o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turishga ko‘maklashadigan jiddiy tashkilotdir.

 

Umuman olganda, saylovlar xalqaro va milliy qonunchilikka muvofiq tashkil etildi. Men tashkilotchilar va mazkur jarayonning barcha ishtirokchilarini ushbu siyosiy jarayonning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklayman. To‘la mas’uliyat bilan aytishim mumkinki, bunday tashkilotchilik ishlari boshqa davlatlar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qila oladi.

 

«Jahon» AA.

London.

4163

30Dekabr 2014



Dolzarb mavzular