Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Markaziy saylov komissiyasida

31-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya raisi M.Abdusalomov olib bordi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

 

Mazkur Qonunning 50-moddasiga ko‘ra, Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatiga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

 

Markaziy saylov komissiyasining qabul qilingan qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislari 2015 yil 13-14 yanvar kunlari o‘tkazilishi lozim.

 

Komissiya a’zolari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida 2015-yil 4-yanvarda o‘tkaziladigan takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan belgilangan kompleks tadbirlar ijrosini ko‘rib chiqdi.

 

Takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan 22 ta saylov okrugida takroriy ovoz berishni qonun talablari asosida, uyushqoqlik bilan yuksak demokratik saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy choralar ko‘rildi. Takroriy ovoz berish bo‘yicha saylov byulletenlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nashr qilinib, o‘z vaqtida tegishli saylov okruglari va uchastkalariga yetkazib berildi.

 

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Qobil XIDIROV,

«Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri.

8217

01Yanvar 2015



Dolzarb mavzular