Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Robert Blum: «Kuzatuvlarim saylovlar demokratiya me’yorlariga muvofiq ravishda o‘tkazilganini tasdiqladi»

Mamlakatimizda 2014 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan xorijlik jurnalist va ekspertlar mazkur muhim siyosiy tadbir yakunlari yuzasidan o‘z baholarini bildirishmoqda. Quyida shveysariyalik xalqaro kuzatuvchilarning yurtimizdan orttirib qaytgan taassurotlari va o‘tkazilgan saylov xususidagi fikr-mulohazalari qalamga olingan.

 

Marit FOSS, Shveysariyada nashr etiladigan “Diva International” jurnalining noshiri va bosh muharriri:

 

– Ko‘p millatli hamda ko‘hna va boy tarixga ega bo‘lgan O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgan paytdan boshlaboq, parlament demokratiyasi yo‘lini tutgani holda, salmoqli o‘zgarishlarni hayotga tatbiq etdi. Buning natijasida u Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanayotgan mamlakatiga aylandi. Biz O‘zbekistonning yanada taraqqiy topish yo‘lidagi qat’iyati va sa’y-harakatlarini tabriklaymiz.

2014 yil 21 dekabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ushbu muhim siyosiy tadbir qay tariqa o‘tkazilganiga guvoh bo‘ldim. Saylovlarga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdim. Ular yuksak darajada tashkil etildi, o‘rnatilgan tartibda va shaffoflik muhitida o‘tdi.

 

Men Buxorodagi 5 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Bizga o‘z missiyamizni bajarishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Saylov uchastkalaridan birida berilgan ovozlarni sanash jarayonini ham kuzatdik.

 

Xorijlik kuzatuvchi sifatida ushbu parlament saylovlarida qatnashganimdan mamnunman. Negaki, bu menga o‘z mamlakati bilan faxrlanadigan odamlar, oddiy kishilar, o‘zbek ayollari bilan muloqotda bo‘lish imkonini berdi.

 

Umuman olganda, eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishda hamda tarixiy qadriyatlarga va madaniyatga tayangan holda, davlatning o‘ziga xosligini hisobga olib, demokratiyaning o‘z modelini ishonch bilan qurish g‘oyat muhimdir.

 

Robert BLUM, Jeneva Diplomatiya klubining prezidenti:

 

– O‘zbekistonda xorijlik kuzatuvchi sifatidagi missiyamni muvaffaqiyatli bajarishga va ko‘pgina saylov uchastkalariga borishga muvaffaq bo‘ldim. Men u joylarda xayrixohlik muhiti hukm surayotganini hamda saylovlar diqqatga sazovor darajada tashkil etilganini ko‘rdim. Saylov uchastkalarining ishi, partiyalarning saylovoldi dasturlari va boshqa zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdim. Ovoz berishga kelgan saylovchilar bilan suhbatlashar ekanman, ularning huquqiy savodxonligi darajasidan hamda siyosiy faolligidan ta’sirlandim. O‘ylaymanki, bularning barchasi, shuningdek, saylovchilar ovoz berishining yuqori darajasi saylovdan oldingi targ‘ibot-tashviqot kampaniyasi yaxshi tashkil etilganidan dalolatdir.

 

O‘z missiyamni ado etishim doirasida saylovlarni o‘tkazish va ularda qatnashish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlarga rioya etilganiga ishonch hosil qildim. Kuzatuvlarim saylovlarning mamlakat qonunchiligiga hamda umum-qabul qilingan demokratiya me’yorlariga mos ravishda o‘tkazilganini tasdiqladi.

 

«Jahon» AA.

Jeneva

7666

12Yanvar 2015



Dolzarb mavzular