Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

«Dunfan Szaobao» gazetasi O’zbekistonda bo’lib o’tgan parlament saylovlari haqida

Shanxayda chop etiladigan «Dunfan Szaobao» («Sharq tongi») gazetasida ushbu nashr ijodiy xodimi Vey Sinning O’zbekistonda bo’lib o’tgan parlament saylovlari haqidagi turkum maqolalari bosilib chiqdi. Ular jurnalistning ushbu muhim voqyeani yoritish uchun mamlakatimiz bo’ylab amalga oshirgan ijodiy safarining mahsuli sifatida dunyo yuzini ko’rdi.

 

Muallif maqolalarida O’zbekistonda 2014-yil dolzarb voqealarga boy bo’lgani, ular orasida respublika Oliy Majlisiga saylovlar eng muhim ahamiyatni kasb etgani alohida ta'kidlanadi.

 

Nashr mazkur saylovlar qonunchilikka kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga muvofiq, parlamentarizm institutini yanada kuchaytirish sharoitida o’tgani haqida ma'lumot berar ekan, “Qonunchilik palatasiga saylov bo’yicha o’rtacha 154 ming saylovchi hisobga olingan holda 135 ta saylov okrugi tuzildi, 9035 ta, shu jumladan, O’zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tashkil etildi”, deb yozadi. Muallif “saylovlar monitoringida ko’p sonli xorijlik va xalqaro ekspertlarning ishtirok etgani O’zbekistonning o’sib borayotgan obro’-e'tiboridan hamda mamlakatda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarga jahon hamjamiyati katta qiziqish bilan qarayotganidan dalolat berishini” qayd etadi.

 

Xitoylik jurnalist gazeta o’quvchilarini Toshkentning turli saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlari bilan atroflicha tanishtirgan. “Fuqarolar ertalabdanoq ko’tarinki kayfiyatda o’zlari tanlagan munosib nomzodlarni yoqlab ovoz berish uchun saylov uchastkalariga kelishdi, chunki ular parlamentda hamda mahalliy hokimiyat organlarida elektorat manfaatlarini ilgari surishadi va  himoya qilishadi”.

 

Vey Sin saylovlarda yoshlarning faol ishtirok etgani va ularning o’z mamlakati taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga bo’lgan intilishlari haqida ham alohida to’xtalgan.

 

«Dunfan Szaobao» reportyori o’zbekistonlik saylovchilarning yuksak ijtimoiy-siyosiy va huquqiy madaniyati, ularning saylovlarda qatnashgan turli siyosiy partiyalar dasturlaridan juda yaxshi xabardor ekanligi hamda o’z Vatani taqdiriga munosabati darajasi yuqoriligidan katta tassurotlar orttirganini ta'kidlaydi. “Ovoz berish jarayoni saylovchilarning faol ishtirokida, chetdan hyech bir aralashuvlarsiz, shaffoflikda va yuksak tashkilotchilik darajasida o’tdi. Saylov uchastkalari yashirin ovoz berish xonalari, onalar va bolalar uchun, tibbiy yordam ko’rsatish uchun alohida bo’lmalar bilan jihozlangan edi. Salomatligi taqozosiga ko’ra uchastkaga kela olmagan saylovchilar o’z uylarida ovoz berishlari uchun mahalliy komissiya tomonidan ko’chma saylov qutilari ham tashkil qilingan edi”, deb yozadi u.

 

Muallif mamlakat bo’yicha saylovchilar ro’yxatiga 20 million 789 ming 572 nafar saylovchining ismi sharifi kiritilgani holda saylovda 18 million 490 ming 245 nafar yoki saylovchilarning 88,94 foizi qatnashgani haqidagi ma'lumot bilan birga ushbu muhim siyosiy tadbir yuzasidan xorijlik kuzatuvchilar hamda xalqaro tashkilotlar vakillarining baholari va fikr-mulohazalarini ham qalamga olgan. Jumladan, MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedevning O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylovlar milliy qonunchilikka, xalqaro umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlarga muvofiq, ochiq va oshkora tarzda o’tkazilgani xususida bayonot bergani, o’z navbatida, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi rahbari, ShHT Bosh kotibi o’rinbosari Mahmadsharif Xaqdodovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O’zbekiston tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga muvofiq ravishda, ochiq, oshkora va demokratik ruhda o’tgani to’g’risida rasman fikr bildirgani ham xitoylik gazetxonlarning e'tiboriga havola qilingan.

 

“Parlament saylovlari saylov huquqi talablari buzilmagan holda, halollik va ochiqlik muhitida, demokratiya me'yorlari va Konstitutsiya tamoyillariga hamda amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda o’tdi, deb yozadi Vey Sin. O’zbekistonda bo’lgan chog’imizda biz saylov jarayoni tashkil etilishiga juda puxta tayyorgarlik ko’rilganiga ishonch hosil qildik. Fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilayotgan e'tibor ham yuksak bahoga sazovordir”.

 

“Jahon” AA, Shanxay.

8406

14Yanvar 2015



Dolzarb mavzular