Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

“The Baltic Course”: “O’zbekiston Prezidentligiga 4 nafar nomzod ko’rsatildi”

“The Baltic Course” xalqaro internet-jurnalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo’lajak saylov mavzuiga bag’ishlangan maqola e'lon qilindi.

 

Unda Prezident saylovi 2015-yil 29-mart kuni bo’lib o’tishi qayd etilar ekan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan ro’yxatdan o’tgan to’rt siyosiy partiyaning nomzodlari muqobillik asosida ushbu saylovda ishtirok etishlari o’quvchilar e'tiboriga havola qilingan.

 

Shuningdek, maqolada tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari Siyosiy Kengash majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodi ko’rsatilganligi ta'kidlangan.

 

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy Kengashining ikkinchi Plenumida partiya nomidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov, O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Majitovich Umarov nomzodi, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining a'zosi Akmal Xolmatovich Saidov nomzodi ko’rsatilgani haqida xabar berilgan.

 

“Jahon” AA, Riga

18471

26Yanvar 2015



Dolzarb mavzular