Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Ozarbayjon matbouti O’zbekistondagi Prezident saylovlari haqida

“Trend”, Day.Аz, “Ozarbayjon yangiliklari”(Novosti Azerbayjana) va boshqa nufuzli Ozarbayjon nashrlari sahifalarida O’zbekistondagi Prezident saylovlariga bag’ishlangan maqolalar chop etilmoqda.

 

Jumladan, “Ozarbayjon yangiliklari” xalqaro axborot agentligi Prezident saylovlari to’g’risidagi Qonunga muvofiq, davlat rahbari lavozimiga nomzodlar saylovgacha 65 kun muddatda e’lon qilinishi lozimligi hamda bu jarayon 20 kun davom etishi haqida o’z o’quvchilariga xabar beradi.

 

Maqolalarda asosiy e’tibor saylovlarda Prezidentlik lavozimiga tavsiya qilingan nomzodlarga qaratilgan. Xususan, materiallarda O’zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga – amaldagi O’zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – partiya raisi Narimon Umarov, Xalq demokratik partiyasidan – Hatamjon Ketmonov nomzodi ko’rsatilganligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni tasdiqlash bo’yicha siyosiy partiyalarning s’yezdlari fevral oyining ilk o’n kunligida bo’lib o’tadi, deya xabar beradi Ozarbayjon matbuoti.

 

“Jahon” AA, Boku

8778

25Yanvar 2015



Dolzarb mavzular