Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

“Prezident saylovi - O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidagi muhim qadamdir”

Kuala-Lumpurda bo’lib o’tgan davra suhbati chog’ida uning ishtirokchilari ana shunday yakdil fikr bildirdilar.

 

Prezident saylovi mavzusiga bag’ishlangan mazkur tadbir mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida bo’lib o’tdi. Unda Malayziyaning ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahlil va ishbilarmon doiralari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo’ldilar. Mamlakatimizda tobora yaqinlashib kelayotgan mazkur muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayoni va uning respublika kelajagida tutgan o’rni hamda ahamiyati bilan bog’liq masalalar muloqotlarning asosiy mavzusi bo’ldi.

 

Tadbirda so’zga chiqqan Malayziya Tadbirkorlar va sanoatchilar assotsiatsiyasi (PERDASAMA) raisi Dato Izat Emir o’zining O’zbekistonga uyushtirgan ko’p marotabalik safarlari chog’ida mamlakatimizda izchil islohotlar hayotga tadbiq etilayotgani va bu jarayonda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etayotganining guvohi bo’lgani haqida atroflicha to’xtaldi.

 

U mamlakatda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va fuqarolar o’rtasidagi hamjihatlikning mavjudligi, yuqori iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari ta'minlanayotgani va buning natijasida aholi farovonligi tobora yuksalayotgani O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida erishgan eng katta yutuqlari ekanligini alohida ta'kidladi. Dato Izat Emir Prezident saylovi O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidagi navbatdagi muhim bosqich bo’lishiga komil ishonch izhor etdi.  

 

O’zbekistondagi parlament saylovlarida xorijlik kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Osiyo strategiya va boshqaruv instituti vitse-prezidenti Maks Sey yaqinda bo’lib o’tgan mazkur saylovlar chog’ida mamlakatimiz fuqarolari o’z xohish-irodasini erkin ifoda etganini yuksak baholadi.

 

Ekspertning fikriga ko’ra, parlament saylovlarining natijalari qonunchilik organi vakolatini kengaytirish va fuqarolik jamiyati institutlari o’rnini yanada mustahkamlash orqali O’zbekiston o’z siyosiy tizimini rivojlantirish borasida yangi bosqichga ko’tarilganini tasdiqladi.

 

− Joriy yil 29-martga belgilangan Prezident saylovi ham yuqori tashkilotchilik darajasida o’tishiga aslo shubha yo’q, - dedi M.Sey.

 

Parlament saylovlarini yoritish uchun O’zbekistonda bo’lib qaytgan Malayziyaning “Bernama” Milliy axborot agentligi muharriri Nor Farida binti Abdul Rashid Markaziy saylov komissiyasi, mahalliy hokimiyat organlari va ko’ngillilar tomonidan amalga oshirilgan ulkan tashkiliy ishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo’lib o’tgan saylovlarning muvaffaqiyatli o’tishini ta'minlaganini qayd etdi.  

 

Malayziyalik jurnalistning fikr bildirishicha, demokratik saylovlarni yuqori tashkilotchilik darajasida o’tkazish bo’yicha O’zbekiston to’plagan tajriba boshqa mamlakatlar tomonidan tadqiq etilishga, va shubhasiz, yuqori bahoga loyiqdir.

 

“Progressiv Islom” instituti direktori, professor Dato Moxd Yusof bin Xadji Osman O’zbekistonda aholining barcha qatlamlari farovonligini oshirish hamda ularning mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirokini ta'minlash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

 

“O’zbek xalqining jipsligi va muhim siyosiy voqyealarda faol ishtirok etishga bo’lgan mas'uliyatli yondoshuvi Prezident saylovini ham parlament saylovlari kabi muvaffaqiyatli o’tishini ta'minlaydi”, dedi professor.

 

“Jahon” AA, Kuala-Lumpur

6836

23Yanvar 2015



Dolzarb mavzular