Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Ozarbayjonlik jurnalist O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlar haqida

Yaqinda Bokuda rus tilida chop etiladigan «Azerbaydjanskiye izvestiya» gazetasida 2014-yil 21-dekabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar mavzuiga bag‘ishlangan maqola e'lon qilindi. Uning muallifi - «Novosti» Xalqaro matbuot markazi direktori Ilgar Velizade jurnalist sifatida mazkur saylovlarni yoritish maqsadida yurtimiz bo‘ylab ijodiy safarda bo‘lgan edi.

 

Ma'lumot tariqasida qayd etish joizki, «Azerbaydjanskiye izvestiya» kundalik ijtimoiy-siyosiy gazeta bo‘lib, u siyosat, sport, madaniyat va boshqa mavzularni tezkorlik bilan yoritadigan, mamlakatda ko‘p sonli mushtariylariga ega bo‘lgan nufuzli nashr hisoblanadi. Gazeta har kuni 7 ming adadda o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi.

 

Muallif o‘z maqolasida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar, ularning dasturlari haqida to‘xtalar ekan, 2014-yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ovoz berishning natijalari bilan gazetxonlarni atroflicha tanishtiradi.

 

“Har bir partiya o‘z saylovchilari guruhiga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisining turli ijtimoiy qatlamlari va guruhlarining manfaatlarini himoya qiladi. O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi - O‘zLiDeP asosan mamlakat mulkdorlari qatlami, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar vakillariga tayangan holda iqtisodiyotni liberallashtirish tarafdori hisoblanadi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordamga muhtoj fuqarolari manfaatlarini ilgari suradi va turli ijtimoiy dasturlar faol ravishda hayotga tadbiq etilishiga harakat qiladi. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishning, davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlarining ochiqligi va hisobdorligining faol tarafdoridir. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining faoliyati esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishiga, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratilishiga yo‘naltirgan”, deb yozadi I.Velizade.

 

Shuni qayd etish joizki, maqolada o‘tgan yillar davomida mazkur partiyalar erishgan amaliy natijalarga alohida e'tibor qaratilgan. Shu o‘rinda muallif O‘zLiDeP tashabbusi bilan qabul qilingan qonunlar asosida mamlakatning qonunchilik bazasi yanada mustahkamlangani haqida yozar ekan, bu fermerlik xo‘jaliklari taraqqiyotida ham o‘zining amaliy ifodasini topganini alohida ta'kidlaydi.

 

Yuqoridagilardan tashqari, maqolada O‘zLiDeP faoliyat ko‘rsatayotganidan beri, ya'ni 2003-yildan buyon mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 55,8 foizga yetgani qayd etilgan. Ana shunday samarali ishlarning natijasida respublika yalpi ichki mahsulotining sakkiz foizli o‘sishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hissasi 5 foizni tashkil etmoqda”, deb yozadi Ozarbayjon nashri.

 

“Jahon” AA  Boku

7568

22Yanvar 2015



Dolzarb mavzular