Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

S.Sverchkov: "Saylovlar xalqaro miqyosda e'tirof etilgan me'yorlar asosida o‘tdi"

Rossiya Federatsiyasidagi Sibir Boshqaruv institutining direktori, professor Sergey Sverchkov mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. U “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi choғida saylovlar haqidagi o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashar ekan, mazkur muhim siyosiy tadbir yakunlariga quyidagicha baho berdi.

 

- Men mamlakatingizda ochiq, shaffof va demokratik ruhda hamda xalqaro e'tirof etilgan me'yorlar asosida o‘tkazilgan saylovlarning quyidagi uch xususiyatini ta'kidlashni istardim: ular siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobat, saylovchilarning faol fuqarolik pozitsiyasi hamda saylov jarayonining mustaqilligidir.

 

O‘z missiyamni ado etishim asnosida yuqoridagi holatlarlarning barchasini saylov uchastkalarida kuzatdim. Hamma partiya vakillarining saylov jarayonida va uning natijalarini hisoblash paytida hozir bo‘lishlari hamda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning 88,94 foizi saylovlarda ishtirok etgani yuqoridagi fikrlarimni tasdiqlaydi.

 

Darhaqiqat, demokratiya ruhida va adolatli tarzda o‘tkazilgan saylovlar jarayonidagi ochiqlik va oshkoralikni ta'minlashda boshqa organlar tomonidan hech qanday aralashuvlar kuzatilmaganida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularning o‘tkazilishini ta'minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomi berilgani muhim rol o‘ynadi, deb hisoblayman. Qolaversa, shu jihat ham saylovchilarning fuqarolik faolligini oshirishga xizmat qildiki, buni ularning saylovlarda yuqori darajada ishtirok etganidan ham bilish mumkin, deb o‘ylayman.

 

Shu o‘rinda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ulkan tayyorgarlik ishlari amalga oshirilganini, hatto eng olis hududlardagi saylov uchastkalari ham texnikaviy jihatdan yuqori darajada jihozlangani e'tiborga molik ekanligini alohida ta'kidlashni istar edim. Ana shunday barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani bois jahon hamjamiyati saylov jarayonini onlayn rejimida kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldi.

 

“Jahon” AA, Novosibirsk

3283

21Yanvar 2015



Dolzarb mavzular