Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

“New Europe” O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari haqida

Belgiyada nashr etiladigan “New Europe” ommabop haftalik gazetasining navbatdagi sonida mamlakatimiz mavzusiga bag‘ishlangan axborot materiali bosilib chiqdi.

 

“O‘zbekiston parlamenti: yangi deputatlar, yangi vazifalar” sarlavhali maqola vositasida nashr 2014-yil 21-dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarning yakunlari bilan belgiyalik o‘quvchilarni tanishtirgan.

 

“New Europe” haftanomasi xabar berganidek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 52 nafar deputat O‘zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasidan joy oldi. Maqolada saylangan deputatlar mamlakat mulkdorlari qatlami, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar, moddiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qilishi qalamga olingan. Shuningdek, haftanoma mazkur partiya vakillari 2009-yilgi saylovlarda ham 53 ta o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lganini ma'lum qilgan.

 

“Shu bilan birga, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 36 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan deputatlarning 24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlardir”, deb yozadi “New Europe”.

 

Nashr O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga tayangan holda, saylangan 150 nafar deputatdan 40 nafari yoki 27 foizi ilgari Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgani xususida to‘xtalar ekan, bu saylangan deputatlarning o‘z saylovchilarining ishonchiga sazovor bo‘lganligidan dalolat berishini, qolaversa, parlament quyi palatasining professional faoliyatida ularning hayotiy tajribasidan, ya'ni qonun ijodkorligi amaliy ko‘nikmalaridan yanada samarali foydalanish imkonini berishini ta'kidlaydi.

 

“Jahon” AA Bryussel

6674

20Yanvar 2015



Dolzarb mavzular