Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Dolzarb mavzular | Ro'yxatga o'tish

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati 2018-yilning 1-apreligacha ishga tushiriladi

O‘zbekiston hukumatining 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxatini (SYaER) shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

SYaER «Elektron hukumat» tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yaratilmoqda.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

SYaERni yaratish bo‘yicha bosh pudratchini belgilash yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

2017-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahri xalq deputatlarining tumanlar Kengashlariga saylovlar davomida axborot tizimining SYaERni shakllantirish va yuritishni nazarda tutuvchi tajriba tartibida foydalanilishi huquqiy eksperiment sifatida amalga oshirilishini, 2018-yilning 1-apreligacha esa – SYaERni yaratishni va butun mamlakat bo‘yicha ishga tushirishni ta’minlaydi;

SYaERni yaratish va SYaERni shakllantirishga yo‘naltirilgan idoraviy axborot tizimlarini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda SYaERning ishlashini texnikaviy ta’minlash uchun ko‘maklashishga Koreya Respublikasi tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi Tasdiqlangan nizomga muvofiq, SYaER O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, doimiy yoki vaqtincha turar joyga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmayotgan fuqarolari kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.

SYaERga kiritilgan saylovchi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan axborotlar bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

SYaER O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan Nizomning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi; saylov kampaniyasi davrida saylovchilar ro‘yxatlarini aniqlashtirish orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi SYaER bir yilda bir marta, saylov kampaniyasi davrida esa MSK tomonidan DPM va Operator bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvalga muvofiq yangilanadi.

Saylovchi fuqaro o‘zi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish yo‘li bilan MSK rasmiy veb-saytining elektron kartasida saylov uchastkasining joylashuvi (dislokatsiyasi)ga oid axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


«kun.uz»

3638

25Avgust 2017



Dolzarb mavzular