Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Normativ huquqiy hujjatlar | Ro'yxatga o'tish

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Qarori

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to’g’risida

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi va “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 1-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov dekabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida – 2014 yil 21 dekabrda o’tkazilishi lozim.
  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni saylov qonunchiligiga, umum e’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarga to’la muvofiq holda o’tkazilishini ta'minlash, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqarolarga davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish Konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishda zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga va “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 


  QAROR QILADI: 


  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi 2014 yil 15 sentyabrdan boshlanishi e’lon qilinsin.
    2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi har bir saylov okrugiga to’g’ri keladigan saylovchilar normasi o’rtacha 154 ming saylovchi hisobidan belgilansin.
    3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2014 yil 27 sentyabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi saylov okruglari tuzish bo’yicha taqdimnomalar kiritsin.
    4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi 135 ta saylov okrugi tuzilsin, ularning chegaralari hamda saylovchilar soni ko’rsaetilgan ro’yxati 2014 yil 7 oktyabrga qadar matbuotda e’lon qilinsin.
    5. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 2014 yil 2 oktyabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a'zoligiga nomzodlar tavsiyaya etsin.
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi 2014 yil 12 oktyabrga qadar tasdiqlansin.
    7. Belgilab qo’yilsinki, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari:
2014 yil 22 oktyabrga qadar saylov uchastkalarini;
2014 yil 11 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarini tuzadilar.
    8. Belgilab qo’yilsinki, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi tegishli okrug saylov komissiyalariga:
tuman, shahar hokimliklari 2014 yil 12 oktyabrga qadar saylov uchastkalarini tuzish bo’yicha taqdimnomalar kirietadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari 2014 yil 1 noyabrga qadar uchastka saylov komissiyalarining a'zoligiga nomzodlar tavsiya etadi.
    9. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qonunda belgilangan tartib va muddatda O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritsin.
  10. Qonunda belgilangan tartibda tuziladigan saylov uchastkalari va uchastka saylov komissiyalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi uchun yagona hisoblansin.
  11. Belgilansinki, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
siyosiy partiyalar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 12 oktyabrga qadar taqdim etishlari lozim;
siyosiy partiyalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsaetish 2014 yil 17 oktyabrda boshlanadi va 2014 yil 6 noyabrda tugaydi;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro’yxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 2014 yil 9 noyabrda to’xtatiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro’yxatga olish 2014 yil 16 noyabrda tugaydi;
manfaatdor tashkilotlar o’z kuzatuvchilari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga 2014 yil 6 dekabrga qadar ma'lum qilishlari lozim.
  12. Uchastka saylov komissiyalari:
saylovchilar ro’yxatlarini hamma tanishib chiqishi uchun 2014 yil 6 dekabrga qadar O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo’lgan erlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa 2014 yil 14 dekabrga qadar taqdim qilishi;
saylovchilar ro’yxati bilan tanishish joyi hamda vaqti to’g’risida saylovchilar o’z vaqtida xabardor qilinishini ta'minlashi;
2014 yil 11 dekabrga qadar saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi to’g’risida xabardor etishi;
2014 yil 11 dekabrdan 19 dekabrga qadar muddatidan oldin ovoz berishni o’tkazishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  13. Qayd etilsinki, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 27 va 38-moddalariga muvofiq:
saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar ro’yxatga olingan kundan e'tiboran boshlanadi va 2014 yil 19 dekabrda tugaydi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo’l qo’yilmaydi;
ovoz berish 2014 yil 21 dekabrda soat 6 dan soat 20 gacha o’tkaziladi.
  14. Belgilab qo’yilsinki, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq:
uchastka saylov komissiyalari 2014 yil 21 dekabrda ovoz berish tugagach, ovoz berish kunlarini chiqarishga kirishadi, komissiya majlisida ko’rib chiqish natijalari bo’yicha bayonnoma tuzadi va uni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etadi. Saylov qonunchiligi talablariga muvofiq bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o’rinbosari tomonidan o’qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko’chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo’lmagan muddatga osib qo’yiladi;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida saylov okrugi bo’yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga 2014 yil 25 dekabrga qadar belgilangan tartibda bayonnoma taqdim etadi.
  15. Saylov kunlari to’g’risidagi axborot hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlarning ro’yxati 2014 yil 31 dekabrga qadar matbuotda e’lon qilinsin.
  16. Agar saylov okrugi bo’yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo’yilgan bo’lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi okrugda 2015 yil 4 yanvarga qadar takroriy ovoz berishni o’tkazish haqida qaror qabul qiladi.
  17. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 471-moddasiga muvofiq O’zbekiston kologik harakatidan O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo’yicha O’zbekiston kologik harakatining Konferentsiyasi belgilangan tartibda 2014 yil 21 dekabrda o’tkazilsin.
  18. Belgilab qo’yilsinki, saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq barcha tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, saylov to’g’risidagi qonunlarga, 2014 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tadbirlar Dasturiga qat'iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

 

19. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

 

O’zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Raisi                                                           M. ABDUSALOMOV

17797

12Sentabr 2014



Dolzarb mavzular