Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Normativ huquqiy hujjatlar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida 2014 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash haqidagi bayonnomalarini ko‘rib chiqib, 22 ta saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘play olmaganligini aniqladi.

 

Okrug saylov komissiyalarining tegishli qarorlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni 45-moddasiga, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi

 

QAROR QILADI:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 22 ta okrug saylov komissiyalari tomonidan takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

22 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 2015 yil 4 yanvar – yakshanba kuni 1-ilovaga muvofiq o‘tkazilsin.

 

2. Belgilab qo‘yilsinki:

 

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni 45-moddasi birinchi qismiga muvofiq takroriy ovoz berish saylov okrugi bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha o‘tkaziladi;

 

takroriy ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida ilgari tuzilgan saylovchilarning ro‘yxatlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunlari talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishni ta’minlasinlar.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish uchun byulletenlar nashr etish va joylarga yetkazib berish bilan bog‘liq ishlar Markaziy saylov komissiyasining 2014 yil 15 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulleteni va saylov varaqasi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 638-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.

 

6. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                                                                   M. ABDUSALOMOV

 

Toshkent shahri,

2014 yil 25 dekabr

 

1-ilova

 

2015 yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan saylov okruglari ro‘yxati

 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA:

3-Ellikqal’a saylov okrugi

 

ANDIJON VILOYATI BO‘YICHA:

10-Oltinko‘l saylov okrugi

 

BUXORO VILOYATI BO‘YICHA:

23-Shohrud saylov okrugi

 

JIZZAX VILOYATI BO‘YICHA:

30-Do‘stlik saylov okrugi

 

NAVOIY VILOYATI BO‘YICHa:

34-Navoiy saylov okrugi

 

NAMANGAN VILOYATI BO‘YICHA:

45-Uychi saylov okrugi

48-Chust saylov okrugi

 

SAMARQAND VILOYATI BO‘YICHA:

52-Bulung‘ur saylov okrugi

 

SIRDARYO VILOYATI BO‘YICHA:

67-Oqoltin saylov okrugi

 

SURXONDARYO VILOYATI BO‘YICHA:

70-Termiz saylov okrugi

71-Jarqo‘rg‘on saylov okrugi

72-Qumqo‘rg‘on saylov okrugi

73-Sho‘rchi saylov okrugi

74-Denov saylov okrugi

 

TOSHKENT VILOYATI BO‘YICHA:

78-Bekobod saylov okrugi

89-Do‘stobod saylov okrugi

 

FARG‘ONA VILOYaTI BO‘YIChA:

91-Dang‘ara saylov okrugi

95-Rishton saylov okrugi

98-Marg‘ilon saylov okrugi

 

XORAZM VILOYATI BO‘YICHA:

106-Bog‘ot saylov okrugi

 

QASHQADARYO VILOYATI BO‘YICHA:

115-Nishon saylov okrugi

 

TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA:

124-Oqtepa saylov okrugi

21792

26Dekabr 2014



Dolzarb mavzular