Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Normativ huquqiy hujjatlar | Ro'yxatga o'tish

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati U.N.Muxammadievning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to’g’risida

 

«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasi va «O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:

 

1. 121-Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Ulug’bek Nasriddinovich Muxammadiev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) etib saylanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilsin.

 

2. Mazkur Qaror O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuborilsin.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                                 M.ABDUSALOMOV

 

Toshkent shahri,

2015 yil 25 may

8647

27May 2015



Dolzarb mavzular