Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Qonunchilik | Ro'yxatga o'tish

O’zbekiston Respublikasining Qonuni O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 23 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda ma’qullangan

 

1-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi 657–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 355-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2010 yil, № 9, 333-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qo’llanishga ular zaharliligi va gigiena jihatidan baholanganidan, gigiena normativlari belgilanganidan keyingina O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga ko’ra yo’l qo’yiladi»;

2) 19-moddaning ikkinchi qismidagi «Prezidenti huzuridagi» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

3) 26-moddaning to’rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sanitariya-epidemiya jihatidan bexatarlik masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qarorlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar»;

4) 29-moddaning:

4-bandidagi «korxonalar, binolar va inshootlarni, transport vositalarini» degan so’zlar «binolar va inshootlarni» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

9-bandidagi «qishloq xo’jalik ekinlari va hayvonlarining o’sishini tezlashtiradigan moddalarni, o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

 

2-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi 754–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 38-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) quyidagi qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilsin:

1) 2-moddaning ikkinchi qismi «rezervatlari» degan so’zdan keyin «milliy bog’lar» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 10-modda:

birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi «va bekor qilish» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi «shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

3) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«29-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari

 

Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo’yish;

atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni aniqlash;

mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;

atrof muhitdagi o’zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko’rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to’g’risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;

tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash»;

4) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«31-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish

 

Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat sub’ektlarining vakolatlarini ro’yobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi»;

5) 32-modda chiqarib tashlansin;

6) 44-moddaning ikkinchi qismidagi «davlat sanitariya nazoratining» degan so’zlar «davlat sanitariya nazorati organlarining» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

3-modda. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 837–XII-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 5, 221-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 37-moddasiga quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

birinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi «ruxsatnomani bekor qilish» degan so’zlar «ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va ushbu ruxsatnomani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi».

 

4-modda. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi 841–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1–2, 6-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 9, 330-modda) quyidagi qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning beshinchi qismi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

2) 10-modda ikkinchi qismining:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi – o’n ettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi – o’n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 16-moddaning to’rtinchi qismidagi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi mavjud bo’lgan taqdirda» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

5-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O’zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 247-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 350-modda; 2012 yil, № 9G’2, 246-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 37-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari O’zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

uchinchi qismidagi «Aviatsiya ma’muriyati tomonidan» degan so’zlar «Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 39-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O’zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reestrini va O’zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida guvohnoma berish tartibi tegishincha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi»;

3) 44-modda beshinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda to’xtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin»;

4) 45-moddaning matnidagi «Aviatsiya ma’muriyati tomonidan» degan so’zlar «Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

5) 46-moddaning:

ikkinchi qismidagi «yoxud ekspluatant sertifikatining amal qilishini to’xtatib qo’yishga yoki uni olib qo’yishga» degan so’zlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to’rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.

 

6-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Bankrotlik to’g’risida»gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 5, 63-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 414-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 10, 270-modda; 2012 yil, № 12, 334-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 19-moddaning uchinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar ko’rishi hamda ular haqida kreditorlar yig’ilishiga, xo’jalik sudiga, bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi»;

beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va ettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 36-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar bankrotlik to’g’risidagi ishda qo’llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida xo’jalik sudiga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash to’g’risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin».

 

7-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9G’1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 62-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Sud qamoqda saqlangan shaxsga jarima tayinlashda qamoqda saqlangan har bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisoblaydi»;

2) quyidagi mazmundagi 1811-modda bilan to’ldirilsin:

 

«1811-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish

 

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni to’lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga ko’p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo’lsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi»;

3) 2281-modda birinchi qismi sanktsiyasining o’zbekcha matnidagi «ozodlikdan mahrum qilish» degan so’zlar «qamoq» degan so’z bilan almashtirilsin.

 

8-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12G’2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9G’2, 244-modda, № 12, 336-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 29-moddaning birinchi qismidagi «qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan bog’liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko’rib chiqish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog’i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog’liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko’rib chiqish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 36-moddaning:

birinchi qismidagi «qamoqqa olish bundan mustasno» va «qamoqqa olish tarzidagi» degan so’zlar tegishincha «qamoqqa olish yoki uy qamog’i bundan mustasno» va «qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi «qamoqqa olish tarzidagi» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 53-moddaning ikkinchi qismidagi «qamoqda bo’lsa» degan so’zlar «qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog’ida bo’lsa» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

4) 217-moddaning:

birinchi qismidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish, uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan» degan so’zlar «qamoqqa olingan, uy qamog’iga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

5) 227-moddaning ikkinchi qismidagi «ayblanuvchini qamoqda saqlash» degan so’zlar «ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamog’ida bo’lishi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

6) 237-moddaning matnidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «uy qamog’i; qamoqqa olish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

7) 239-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi «Qamoqqa olish tarzidagi» degan so’zlar «Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

8) 240-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo’llanilgan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamog’ida bo’lishi uchun asoslar mavjud bo’lmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari to’g’risida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan o’sha shaxsga nisbatan qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi»;

to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o’zgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamog’ida bo’lgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak»;

9) 241-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamog’i muddatini uzaytirish to’g’risidagi masala bo’yicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran etmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin»;

10) quyidagi mazmundagi 2421-modda bilan to’ldirilsin:

 

«2421-modda. Uy qamog’i

 

Uy qamog’i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo’lganida uning yoshini, sog’lig’i holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo’llaniladi.

Uy qamog’i gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan to’liq yoxud qisman ajratib qo’yilib, o’zi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda bo’lishidan iborat bo’ladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sog’lig’i holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamog’ida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.

Uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to’g’risidagi qarorda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik bo’yicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek o’rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ ko’rsatiladi.

O’ziga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) o’rnatilishi mumkin:

1) muayyan shaxslar bilan aloqada bo’lish;

2) xat-xabar olish va jo’natish;

3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so’zlashuvlar olib borish;

4) uy-joyni tark etish.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.

Qamoqqa olinganning yashash joyi qo’riqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat o’rnatiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi bo’yicha o’rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida bo’lishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.

Tekshirish kunduzgi vaqtda ko’pi bilan bir marta va tungi vaqtda ko’pi bilan bir marta o’tkaziladi.

Zarur hollarda, uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qo’llanilishi mumkin.

Uy qamog’ini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.

Agar tibbiy ko’rsatuvlarga ko’ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sog’liqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan bo’lsa, sud o’rnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o’zgartirish yoxud bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sog’liqni saqlash muassasasining hududi uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.

Uy qamog’ida jamiyatdan to’liq ajratib qo’yilgan sharoitda bo’lgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda o’tkaziladi.

Uy qamog’ining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 – 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.

O’rnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamog’ida bo’lgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilishi mumkin»;

11) 243-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash tartibi

 

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo’llanilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida iltimosnoma qo’zg’atish haqida qaror chiqaradi.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida iltimosnoma qo’zg’atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamog’iga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.

Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo’lgan taqdirda, iltimosnoma qo’zg’atish to’g’risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo’zg’atilayotgan bo’lsa, qaror va ko’rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida o’n ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo’lmaganida esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi materialni ko’rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo’yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko’rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko’rib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran o’n ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng ko’p muddatidan kechiktirmay ko’rib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan bo’lsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida ko’rib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish uchun monelik qilmaydi. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz ko’rib chiqiladi.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qo’llash zarurligini asoslab beradi. Shundan so’ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo’lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risida;

2) qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashni rad qilish to’g’risida;

3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo’shimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan ko’p bo’lmagan muddatga uzaytirish to’g’risida.

Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash haqidagi yoki uni qo’llashni rad qilish to’g’risidagi ajrimi u o’qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko’rib chiqib, o’z ajrimi bilan:

1) sudyaning ajrimini o’zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamog’idan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashga haqli.

Qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash rad qilingan taqdirda, aynan o’sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo’yicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamog’ini qo’llashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo’l qo’yiladi»;

12) 245-moddaning:

nomi «Qamoqda» degan so’zdan keyin «va uy qamog’ida» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

birinchi qismidagi «qamoqda saqlab turish» degan so’zlar «qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi «Qamoqda saqlab turishning» degan so’zlar «Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamog’ining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi «qamoqda saqlab turish» degan so’zlar «qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

13) 246-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«246-modda. Jinoyat ishi qo’shimcha tergovga qaytarilganida qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddatini hisoblab chiqish

 

Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’ida bo’lish muddati tugagan jinoyat ishini sud qo’shimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga ko’ra qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini o’zgartirish mumkin bo’lmasa, qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddatini bir oygacha uzaytirish jinoyat ishini qo’shimcha tergovga qaytargan sud tomonidan amalga oshiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Ko’rsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda yoki uy qamog’ida bo’lgan vaqt hisobga olingan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va to’rtinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi»;

14) 247-moddaning:

nomidagi «Qamoqda saqlab turish» degan so’zlar «Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamog’ida bo’lishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddatini uzaytirish to’g’risida iltimosnoma qo’zg’atish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi»;

ikkinchi – sakkizinchi qismlaridagi «Qamoqda saqlab turish» va «qamoqda saqlab turish» degan so’zlar tegishincha «Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» va «qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

to’qqizinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi kerak»;

15) 248-moddaning:

nomidagi «Qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish» degan so’zlar «Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’iga joylashtirish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

matnidagi «qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish» degan so’zlar «qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’iga joylashtirish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

16) 302-moddaning birinchi qismidagi «qamoqda saqlangani» degan so’zlar «qamoqda saqlangani yoki uy qamog’iga joylashtirilgani» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

17) 303-modda birinchi qismining 4-bandidagi «qamoqda saqlash» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’ining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

18) 310-moddaning:

birinchi qismidagi «qamoqqa olingani» degan so’zlar «qamoqqa olingani yoki uy qamog’iga joylashtirilgani» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «qamoqda saqlangan» degan so’zlar «qamoqda saqlangan yoki uy qamog’ida bo’lgan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi «qamoqda saqlangani» degan so’zlar «qamoqda saqlangani yoki uy qamog’iga joylashtirilgani» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

19) 314-moddaning uchinchi qismidagi «qamoqda saqlash» degan so’zlar «qamoqda saqlash yoki uy qamog’ida» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

20) 315-moddaning birinchi qismidagi «qamoqda saqlash» degan so’zlar «qamoqda saqlash yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

21) 345-moddaning:

oltinchi qismidagi «176 – 181» raqamlari «176 – 1811» raqamlari bilan almashtirilsin;

o’ninchi qismining 3-bandidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

22) quyidagi mazmundagi 3481-modda bilan to’ldirilsin:

 

«3481-modda. Yo’qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash

 

Yo’qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko’ra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yo’qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga ko’ra amalga oshiriladi.

Yo’qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo’lgan saqlab qolingan ko’chirma nusxalari bo’yicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.

Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamog’i muddatlari ushbu Kodeksning 245, 341 va 351-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.

Agar yo’qolgan jinoyat ishi bo’yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog’ining oxirgi muddati tugagan bo’lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak»;

23) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

24) 380-moddaning birinchi qismidagi «qamoqda saqlanganligi» degan so’zlar «qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamog’ida bo’lganligi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

25) 382-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi «qamoqqa olish» va «qamoqda saqlab turish» degan so’zlar tegishincha «qamoqqa olish yoki uy qamog’i» va «qamoqda saqlab turish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

26) 537-moddaning to’rtinchi qismidagi «yigirma yoshga» degan so’zlar «yigirma bir yoshga» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

27) 558-moddaning:

nomidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’iga joylashtirish» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «qamoqqa olish» degan so’zlar «qamoqqa olish yoki uy qamog’i» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

28) 572-moddaning uchinchi qismidagi «qamoqda» degan so’z «qamoqda, uy qamog’ida» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

9-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12G’2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9G’1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi V1 bob bilan to’ldirilsin:

 

«V1 bob. Saylov va referendumni tashkil etish hamda o’tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik

 

512-modda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to’siqlarni yuzaga keltirish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

513-modda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o’tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini ko’rib chiqishni g’ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

514-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish

 

Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

515-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga qo’yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish

 

Saylovoldi tashviqotini, referendumga qo’yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish, –

eng kam ish haqining etti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

516-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar to’g’risida yolg’on ma’lumotlarni tarqatish

 

Saylov natijalariga ta’sir ko’rsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya to’g’risida ataylab yolg’on ma’lumotlarni e’lon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

517-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko’rish va saylov yoki referendum o’tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo’q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast etkazish

 

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko’rish va saylov yoki referendum o’tkazish jarayonida qasddan yo’q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast etkazish, –

eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

518-modda. Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish

 

Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

519-modda. Jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish

 

Jamoatchilik fikri so’rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog’liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi»;

2) quyidagi mazmundagi 1795-modda bilan to’ldirilsin:

 

«1795-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish

 

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni to’lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga zarar etkazilishiga sabab bo’lsa, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi»;

3) 245-moddaning birinchi qismi «511» va «1794» raqamlaridan keyin tegishincha «512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519» va «1795» raqamlari bilan to’ldirilsin;

4) 305-moddaning ikkinchi qismidagi «170» raqami «512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519 , 170» raqamlari bilan almashtirilsin.

 

10-modda. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’simliklar karantini to’g’risida»gi 113–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 188-modda; 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 472-modda) 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi «import» degan so’z chiqarib tashlansin.

 

11-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan 232–I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risidagi nizomga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5–6, 70-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002 yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 463-modda; 2011 yil, № 1, 1 modda, № 9, 247-modda, № 10, 274-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«8. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o’rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasining, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining davlat ekologik nazorati borasidagi faoliyatini, shuningdek boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi»;

2) 12-bandining o’n to’qqizinchi xatboshisidagi «ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

 

12-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 6, 175-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008 yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 9, 334-modda; 2012 yil, № 9G’1, 238-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 52-moddaning matnidagi «turma qamog’iga» degan so’zlar «turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 86-moddaning matnidagi «Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar» degan so’zlar «Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda o’tayotgan shaxslar bundan mustasno» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

3) 113-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Manzil-koloniyalarda:

mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga etgan mahkumlar;

umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o’tkazilgan voyaga etgan mahkumlar;

ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og’ir bo’lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga etgan mahkumlar jazoni o’taydi»;

ikkinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilarining o’zbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«og’ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo’lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to’rtdan bir qismini o’tagan mahkumlar;

o’ta og’ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni engilrog’i bilan almashtirish qo’llanilgan va jazoning o’talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o’tagan mahkumlar o’tkaziladi»;

4) 116-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«qasddan og’ir va o’ta og’ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;

rag’batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o’taganidan keyin turmalardan o’tkazilgan mahkumlar o’taydi»;

5) 118-modda birinchi qismining to’rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to’rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o’taganidan so’ng turmalardan o’tkazilgan mahkumlar;

sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o’tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o’taydi».

 

13-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida»gi 415–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 120-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2009 yil, № 9, 336-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi «Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan» degan so’zlar «Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

14-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi 474–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) 5-moddasi birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«8) soliq tekshiruvini o’tkazishga soliq to’lovchi tomonidan to’sqinlik qilingan yoki soliq to’lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq to’lovchi qayd etilgan manzilda bo’lmagan, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko’rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno)».

 

15-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Xo’jalik protsessual kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 234-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2001 yil, № 1–2, 11-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 373-modda; 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9G’2, 244-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda) 15515-moddasining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«3) banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish to’g’risidagi arizaga – soliq tekshiruvini o’tkazishga soliq to’lovchi tomonidan to’sqinlik qilinganligini yoki soliq to’lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini, soliq to’lovchi qayd etilgan manzilda bo’lmaganligini, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganligini tasdiqlovchi dalil».

 

16-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi 543–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 1, 12-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 1, 1-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) 27-moddasining birinchi qismidagi «mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda» degan so’zlar «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

17-modda. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi 545–I-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 1, 14-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda) 10 moddasining birinchi qismidagi «mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda» degan so’zlar «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

18-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Er kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartish kiritilsin:

1) 6-moddaning to’rtinchi xatboshisidagi «shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug’oriladigan erlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari erlarni» degan so’zlar «shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug’oriladigan erlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo’ljallangan erlardan tashqari erlarni» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 72-modda:

birinchi qismi «rezervatlarining» degan so’zdan keyin «milliy bog’larning» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Milliy bog’larning erlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi»;

uchinchi qismi to’rtinchi qism deb hisoblansin.

 

19-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida»gi 613–I-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 95-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 1-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

2) 2-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat»;

3) quyidagi mazmundagi 21 – 25-moddalar bilan to’ldirilsin:

 

«21-modda. Mustaqillik

 

Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o’z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot ta’sirlardan holi bo’lgan o’z nuqtai nazarini bildiradi.

Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.

 

22-modda. Qonuniylik

 

Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, saylov, referendum to’g’risidagi qonunlarga hamda boshqa qonunlarga amal qiladi.

23-modda. Kollegiallik

 

Masalalarni ko’rib chiqish va qarorlar qabul qilish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.

 

24-modda. Oshkoralik

 

Markaziy saylov komissiyasi o’z faoliyatini oshkora amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining majlislari ochiq o’tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan kuzatuvchilar hozir bo’lishi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

 

25-modda. Adolatlilik

 

Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni, siyosiy partiyalarni saylov kampaniyasini o’tkazish uchun teng shart-sharoitlar bilan ta’minlash, saylovga, referendumga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni o’tkazish uchun ajratilgan byudjet mablag’larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov, referendum yakunlarini chiqarishning halol bo’lishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi»;

 

4) 3-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

5) 4-modda:

quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan to’ldirilsin:

«Yigirma besh yoshga to’lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tashkil etish va o’tkazish borasida ish tajribasiga ega bo’lgan, jamoatchilik o’rtasida obro’-e’tibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo’lishi mumkin.

Og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan bo’linmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo’lishi mumkin emas»;

birinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – ettinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin emas»;

6) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan to’ldirilsin:

 

«41-modda. Markaziy saylov komissiyasi a’zosining guvohnomasi

 

Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo’ladi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi va uning o’rinbosarining guvohnomasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa a’zolarining guvohnomasi esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadi»;

7) 5-modda:

o’n birinchi xatboshisidagi «pul mablag’larini saylov komissiyalariga hamda referendum o’tkazuvchi komissiyalarga taqsimlaydi» degan so’zlar «pul mablag’larini saylov komissiyalariga hamda referendum o’tkazuvchi komissiyalarga, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi o’n beshinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«O’zbekiston Ekologik harakatining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo’yicha konferentsiyasini o’tkazish haqida qaror qabul qiladi»;

o’n beshinchi – yigirma to’qqizinchi xatboshilari tegishincha o’n oltinchi – o’ttizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

o’n sakkizinchi xatboshisidagi «saylov byulletenlarining» degan so’zlar «saylov byulletenlarining va saylov varaqalarining» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

yigirma sakkizinchi, yigirma to’qqizinchi va o’ttizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi – o’ttiz to’rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«boshqa mamlakatlarning saylov organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, hamkorlik to’g’risida bitimlar, memorandumlar tuzadi;

xorijiy mamlakatlardagi saylovlarni kuzatishda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida kuzatishda ishtirok etadi;

xalqaro tashkilotlarni, xorijiy mamlakatlarning saylov organlarini mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish uchun taklif etadi, o’z vakillarini kuzatuvchilarning missiyalari tarkibiga yuboradi;

saylov va referendumni tashkil etish, o’tkazish bilan bog’liq hujjatlarning arxivga topshirilishini ta’minlaydi;

Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;

jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi»;

8) 6-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi ettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to’ldirilsin:

«Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;

Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablag’larni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi»;

ettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha to’qqizinchi va o’ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

9) 8-moddaning birinchi qismidagi «raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi» degan so’zlar «raislik qiluvchi va Markaziy saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

10) 15-moddaning matnidagi «O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini tasdiqlash paytida nazarda tutiladi» degan so’zlar «O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetida alohida satrda nazarda tutiladi» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

20-modda. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to’g’risida»gi 678–I-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 178-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 309-modda; 2011 yil, № 12G’2, 363-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi «guvohnoma» degan so’z «sertifikatlar» degan so’z bilan almashtirilsin;

2) 7-moddaning birinchi qismidagi «guvohnoma» degan so’z «sertifikat» degan so’z bilan almashtirilsin;

3) 10-moddaning:

birinchi qismidagi «Madaniyat va sport ishlari vazirligi beradigan guvohnoma» degan so’zlar «Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sertifikat» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «olib chiqilishi huquqini beruvchi guvohnomani» degan so’zlar «vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatni» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

4) 11-moddaning:

nomidagi «guvohnomani» degan so’z «sertifikatni» degan so’z bilan almashtirilsin;

birinchi qismi birinchi xatboshisidagi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «guvohnomani» degan so’z «sertifikatni» degan so’z bilan almashtirilsin;

5) 12-moddaning:

nomidagi «guvohnoma» degan so’z «sertifikat» degan so’z bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi «guvohnoma» degan so’z «sertifikat» degan so’z bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to’g’risida sertifikat berish haqidagi arizani takroran ko’rib chiqishda mazkur sertifikatni berishni rad etish to’g’risidagi bildirishnomada ilgari ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha uni berishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi».

 

21-modda. O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan «Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg’alanishi to’g’risida»gi 317–II-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 1, 17-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 309-modda) 8-moddasining to’rtinchi xatboshisidagi «va belgilangan tartibda ulardan mahrum qiladi» degan so’zlar chiqarib tashlansin.

 

22-modda. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi 358–II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4–5, 68-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 415-modda; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 12, 467-modda; 2012 yil, № 4, 107-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritilsin:

1) 61-modda:

birinchi qismining ettinchi xatboshisidagi «maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan» degan so’zlar «qonun hujjatlarida belgilanadigan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi «maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan» degan so’zlar «qonun hujjatlarida belgilanadigan» degan so’zlar bilan almashtirilsin;

2) 10-modda ikkinchi qismining:

beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«sug’urtalovchilarning sug’urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag’lar hisobini yuritish hamda ular bo’yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli qog’ozlariga sug’urta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan mustasno»;

o’n uchinchi xatboshisi «sug’urtalovchining ehtiyotdan ko’riladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko’riladigan chora-tadbirlar ro’yxatini kelishib olish tartibi bundan mustasno» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

3) 18-moddaning birinchi qismi «davlat organining» degan so’zlardan keyin «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan» degan so’zlar bilan to’ldirilsin;

4) 21-moddaning birinchi qismidagi «maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan» degan so’zlar «qonun hujjatlarida belgilanadigan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

23-modda. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish to’g’risida»gi 560–II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1–2, 10-modda) quyidagi qo’shimchalar kiritilsin:

1) 3-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«bloger – Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs»;

2) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan to’ldirilsin:

 

«121-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog’ida tarqatish

 

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

O’zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat etish;

urush, zo’ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g’oyalarini targ’ib qilish;

davlat siri bo’lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur etkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo’l qo’yuvchi axborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ’ib qilish;

pornografiyani targ’ib qilish;

qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo’l qo’ymasligi shart.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to’g’riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto’g’riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o’chirib tashlashi shart.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi».

 

24-modda. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida»gi 710–II-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 14-modda) quyidagi o’zgartishlar va qo’shimcha kiritilsin:

1) 5-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bog’lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin»;

2) 7-moddaning oltinchi va ettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat qo’riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining, tabiat bog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo’riqxonalarning (ovchilik xo’jaliklarida tashkil etilgan buyurtma qo’riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog’larning er uchastkalariga er solig’i solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo’jalik faoliyati yuritilayotgan hollarda er solig’i undiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning er uchastkalarini (milliy bog’larning er uchastkalaridan tashqari) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishiga alohida hollarda yo’l qo’yiladi. Milliy bog’lar er uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi»;

3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

«17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo’riqlanishini tashkil etish

 

Davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bog’lari va davlat biosfera rezervatlarini qo’riqlash qo’riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qo’riqlov xodimlari davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bog’lari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.

Milliy bog’larni qo’riqlash bunday bog’lar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda ta’minlanadi.

Davlat buyurtma qo’riqxonalari va tabiiy pitomniklarni qo’riqlash bunday qo’riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning er uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tabiat yodgorliklarini qo’riqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Agar davlat buyurtma qo’riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan er uchastkalarida joylashgan bo’lsa, ularning qo’riqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo’yi mintaqalari hamda er usti va er osti suvlarining hosil bo’lish zonalarini qo’riqlash ular qaysi qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalarida tashkil etilgan bo’lsa, shu qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo’riqlanadi.

Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qo’riqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.

Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo’ljallangan hududlar o’rmon qo’riqchilari va ovchilik xo’jaliklarining egerlik xizmati tomonidan qo’riqlanadi.

Baliq xo’jaligi zonalarini qo’riqlash baliqchilik bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi.

Xususiy buyurtma qo’riqxonalar va tabiiy pitomniklarni qo’riqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi.

Qo’riqlanma zonalar davlat qo’riqxonalari, buyurtma qo’riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo’riqlanadi»;

4) X bo’lim quyidagi mazmundagi X va XI bo’limlar bilan almashtirilsin:

 

«X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bog’lar va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

 

44-modda. Davlat biosfera rezervatlari

 

Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari – biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy ob’ektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun mo’ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmog’iga qo’shilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.

Davlat biosfera rezervatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.

Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan er uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi er uchastkalarida joylashadi.

Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qo’yiladi:

tabiiy ob’ektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun mo’ljallangan, davlat qo’riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qo’riqxonaga aylantirilgan zona;

tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun mo’ljallangan, qo’riqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;

davlat biosfera rezervatlarining tabiiy ob’ektlari va majmualariga zarar etkazmaydigan xo’jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun mo’ljallangan zona.

Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.

 

45-modda. Milliy bog’lar

 

Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo’lgan, o’simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko’paytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo’ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog’lardir. Milliy bog’lar er uchastkalarida o’simlik dunyosini qayta tiklash va takror ko’paytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar o’tkazish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Milliy bog’ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.

Milliy bog’lar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.

Milliy bog’ni boshqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direktsiya tomonidan amalga oshiriladi.

Milliy bog’lar bunday bog’lar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko’rsatadi.

Er uchastkalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga xo’jalik foydalanuvidan olib qo’yiladi va milliy bog’larga doimiy foydalanish uchun beriladi.

Milliy bog’ning o’simlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini ta’minlash uchun unga tutash hududlarda milliy bog’ to’g’risidagi nizomga muvofiq qo’riqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.

Milliy bog’ to’g’risidagi nizomga muvofiq milliy bog’ hududida undan maqsadli foydalanishga zid bo’ladigan va o’simlik ob’ektlarining saqlanishi, ko’paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Milliy bog’lar hududlari funktsional zonalarga ajratilishi mumkin.

 

46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

 

Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.

Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.

Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.

 

XI. Yakunlovchi qoidalar

 

47-modda. Qo’riqlanma zonalar

 

Davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, buyurtma qo’riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bog’lar bilan chegaradosh hududlar qo’riqlanma zonalardir. Qo’riqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida xo’jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.

Qo’riqlanma zonalarning o’lchamlari va rejimi, shuningdek er uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.

Davlat qo’riqxonasi qo’riqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo’lgan kamyob hamda yo’qolib ketish xavfi ostida turgan o’simliklar va hayvonlarning turlarini ko’paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qo’riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo’riqxonaning o’ziga topshirilishi mumkin.

 

48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish

 

Davlat qo’riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bog’lari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;

tabiatni muhofaza qilish fondlari mablag’lari;

ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga etkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratilgan tushumlar;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;

musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo’lga kiritilgan o’lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Majmua (landshaft) buyurtma qo’riqxonalari, tabiat bog’lari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan mablag’lardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo’nalishidagi va qonun hujjatlarida yo’l qo’yiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.

Milliy bog’lar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat buyurtma qo’riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag’lar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo’lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.

Xususiy buyurtma qo’riqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga etkazilgan zararning o’rnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablag’lardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo’nalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko’paytirish va tiklash uchun foydalaniladi.

 

49-modda. Nizolarni hal qilish

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

 

50-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi».

 

25-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrda qabul qilingan «Mikromoliyalash to’g’risida»gi O’RQ–50-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 492-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda) 12-moddasining birinchi qismidagi «o’n» degan so’z «uch» degan so’z bilan almashtirilsin.

 

26-modda. O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentyabrda qabul qilingan «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida»gi O’RQ–57-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 499-modda) 15-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o’tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».

 

27-modda. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan O’RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12G’2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9G’1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda) quyidagi o’zgartishlar kiritilsin:

1) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno.

Soliq tekshiruvini o’tkazishga soliq to’lovchi tomonidan to’sqinlik qilingan yoki soliq to’lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq to’lovchi qayd etilgan manzilda bo’lmagan, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli»;

2) 282-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2) davlat qo’riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo’riqxonalarining, tabiat bog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo’riqxonalarning (ovchilik xo’jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo’riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog’larning erlari, yuqorida ko’rsatilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xo’jalik faoliyati yuritilayotgan erlari bundan mustasno».

 

28-modda. O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi O’RQ–163-sonli Qonuni (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) 49-moddasining to’rtinchi qismidagi «Markaziy banki tomonidan» degan so’zlar «Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

 

29-modda. O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O’RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova) 70-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilsin:

5-band:

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini»;

oltinchi, ettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha ettinchi, sakkizinchi va to’qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

8-bandning ettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni o’tkazish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish».

 

30-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O’zbekiston Respublikasining

Prezidenti                                                                                                                  I. KARIMOV

 

Toshkent shahri,

2014 yil 4 sentyabr

№ O’RQ–373

50460

04Sentabr 2014



Dolzarb mavzular