Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi to‘g‘risida axborot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi to‘g‘risida axborot
Toshkentda 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Majlislar zalida Vazirlar Mahkamasi a’zolari, respublika tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari muxbirlari hozir bo‘ldi.
Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri D.Toshmuhamedova boshqardi.
Deputatlar va senatorlar majlis kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.
Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuida ma’ruza qildi.
Davlatimiz rahbari davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasi bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi.
Oliy Majlisning har ikki palatasi Kengashlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yalpi majlislarida davlatimiz rahbarining ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoida va xulosalarni muhokama qilishni tashkil etish vazifasi topshirildi.
Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi o‘z ishini yakunladi.

6371

15Noyabr 2010



Dolzarb mavzular