Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylovchilar erta tongdan bayramona kayfiyatda ovoz berishga faol kirishgan

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boshlangan saylovlar jarayonini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan uch yuzdan ziyod kuzatuvchi kuzatib borayotir.

 

Nikolay Slepsov, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari maslahatchisi, professor (Rossiya):

 

– O‘zbekistonda parlament saylovi milliy qonunchilik doirasida va jahon andozalariga mos ravishda, ochiq-oshkora o‘tmoqda. Bunga men Toshkentdagi 160-saylov uchastkasida saylov jarayonini bevosita kuzatib borish asnosida amin bo‘ldim.

 

Saylovchilarning erta tongdan bayramona kayfiyatda ovoz berishga faol kirishgani, saylov uchastkasida yaratilgan barcha zarur shart-sharoit alohida e’tiborga molik. Bu saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganidan dalolat. Jumladan, saylov uchastkalarida tibbiy xizmat, onalar va bolalar xonalarining tashkil etilgani tahsinga loyiq. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va xalqaro kuzatuvchilar uchun yaratilgan qulayliklarni ham alohida ta’kidlash lozim.

 

Saylov uchastkalari axborot texnologiyalari bilan to‘la ta’minlangan. Saylovchilar oldindan siyosiy partiyalar va nomzodlarning faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishgan va o‘zi tanlagan nomzodga ovoz bermoqda. Qisqa davrda aholining siyosiy madaniyatini oshirish, jamiyatni isloh etishda xalqning faolligini kuchaytirish va dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlaridan kam bo‘lmagan saylov tizimini shakllantirishda mamlakatingiz erishgan yutuqlarga havas qilsa arziydi.

 

Nodira Manzurova, O‘zA

5074

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular