Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonda saylovlar yuqori saviyada, ochiq va oshkora o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ayni damda yurtimiz saylov uchastkalarida saylovchilarning ovoz berish jarayonini kuzatmoqda.

 

– O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan parlament saylovlaridagi kuzatuvchilik faoliyatimni Toshkent shahridagi 51-okrugning 547-saylov uchastkasidan boshladim, – dedi Islom hamkorlik tashkilotining departament direktori Ali Abolhassaniy. – O‘zbekiston fuqarolarining erta tongdan nomzodlarga ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelayotgani, ularning bu jarayonda juda faol ishtirok etayotgani meni hayratlantirdi. Bu omil xalqingizning ongu shuurida yurt taqdiri va uning porloq istiqboliga daxldorlik hissi teran shakllanganidan dalolat beradi.

 

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov jarayonlari xalqaro demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgani va saylovlarda ilk ovoz beruvchilar uchun ham xalqaro standartlar asosida sharoitlar yaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Saylov uchastkalari barcha texnik va aloqa vositalari bilan to‘liq ta’minlangan. Saylovchilarning ovoz berish jarayoni ham juda qulay tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, saylovga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu mazkur siyosiy jarayonning yuqori saviyada, ochiq va oshkora o‘tishini ta’minlamoqda.

 

O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgani havas qilsa arzigulikdir. Mamlakatingiz iqtisodiy ko‘rsatkichlari muttasil o‘sib borayotgani xalqingizning turmush darajasini izchil yuksaltirish hamda uning obod va farovon hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilayotir. Bunday ulkan muvaffaqiyatlarda O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona siyosat muhim omil bo‘layotir.

 

Iroda Umarova, O‘zA

4968

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular