Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylovlarda deputatlikka nomzodlarning aksariyati yoshlar ekani alohida e’tiborga molik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov jarayonini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan uch yuzdan ziyod kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda.

 

Pak Mu Jong, «The Korea Times» gazetasi prezidenti va noshiri (Koreya Respublikasi):

 

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boshlangan saylovlar jarayonini bevosita kuzatib, bu siyosiy tadbirga mamlakatda juda katta tayyorgarlik ko‘rilganiga ishonch hosil qildim. Erta tongdan Toshkent shahridagi 497, 480, 60 va 417-saylov uchastkalarida bo‘ldim. Saylovchilarning faolligi, ularning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishini ta’minlash yo‘lida barcha sharoit muhayyo etilgan.

 

Saylovlarda nomzodlarning aksariyati yoshlar ekani alohida e’tiborga molik. Yangicha fikrlaydigan, bilimli va intiluvchan bunday nomzodlarning ko‘pligi quvonarli. Zero, O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Mamlakat kelajagi esa yoshlar qo‘lidadir. Davlatingiz ularni jamiyatning tayanchi va suyanchi etib tarbiyalash yo‘lida keng qamrovli ishlar olib borayotgani tahsinga loyiq.

 

O‘zbekistonda jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar soni ham tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim. Ularning davlat qurilishidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida siyosiy partiyalar faoliyatida ayollar roli kuchaytirilgani diqqatga sazovor. Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 30 foizi ayollarga ajratilgani mamlakatingiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Nodira Manzurova, O‘zA

6220

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular