Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston yoshlarining faolligi bizni hayratga soldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o‘tkazilayotgan saylovlarni kuzatish uchun yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayonlari bilan tanishmoqda. O‘zA muxbiri Farg‘ona viloyatida saylov jarayonini kuzatayotgan xalqaro kuzatuvchilar bilan suhbatlashdi:

 

Masut Fatkulin, Rassomlar uyushmalari xalqaro konfederatsiyasining ijroiya qo‘mitasi raisi, xalqaro kuzatuvchi (Rossiya):

 

– O‘zbekistonda fuqarolarning saylash erkinligiga bo‘lgan huquqini amalda ta’minlash uchun xalqaro standartlarga javob beradigan saylov tizimi yaratilgan. Saylov yakuniga ko‘ra, eng ko‘p deputatlik o‘rni olgan partiya Bosh vazir nomzodini ko‘rsatishi demokratiyaning yaqqol ko‘rinishlaridan biridir.

 

Mamlakatingizda amalda qo‘llanilayotgan qonunchilikka muvofiq, Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlari deputatligiga nomzodlar orasida xotin-qizlar uchun 30 foiz kvota belgilangani, shuningdek, Ekoharakatga o‘n besh deputatlik o‘rni ajratilgani demokratik islohotlarning muhim bosqichi hisoblanadi.

 

Bugun o‘tayotgan parlamentning Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovlar jiddiy tayyorgarlik asosida tashkil etilgan. Saylov va nomzodlarning tarjimai holi, dasturlari haqidagi plakat va shiorlar ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalarida saylov jarayoni, nomzodlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat keng va teng yoritilishi ta’minlangan.

 

Bularning barchasi saylovda ochiqlik va oshkoralikni, nomzodlar o‘rtasidagi tenglikni to‘la ta’minlaydi. Men bir qator saylov uchastkalarda bo‘lib, fuqarolarning faolligiga guvoh bo‘ldim. Farg‘ona shahridagi 710-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini kuzatib, ayniqsa, yoshlarning faolligidan hayratlandim. Bu yoshlarning mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga befarq emasligi, O‘zbekiston kelajagi buyukligidan dalolatdir.

 

Ameya Sataye, “Diplomacy India.com” axborot tahliliy portalining ijrochi direktori, xalqaro kuzatuvchi (Hindiston):

 

– O‘zbekistonda saylov tizimi yildan-yilga takomillashib, demokratik talablar asosida o‘tkazilmoqda. Farg‘ona viloyatida ham buning yaqqol isbotini ko‘rdim. Barcha saylov uchastkalarida saylovchilarning faolligi, ayniqsa, yoshlarning ko‘tarinki kayfiyati meni hayratga soldi. Saylovlar demokratik tamoyillar asosida tashkil etilib, saylovchilar eng munosib nomzodlar uchun ovoz bermoqda.

 

Siyosiy partiyalardan nomzodlarning ko‘rsatilishi saylovning sog‘lom, raqobat muhitida o‘tishini ta’minlaydi. Men saylov uchastkalarida bunga guvoh bo‘ldim.

 

Shu o‘rinda Prezident Islom Karimovning yoshlar masalasiga qaratayotgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligini alohida ta’kidlamoqchiman. Kelajak egalariga bo‘lgan bunday munosabatga havasim keldi. Bu masalada O‘zbekistondan o‘rgansa arziydigan jihatlar ko‘p.

 

Farg‘ona juda go‘zal shahar ekan. Yangi bunyod etilgan muhtasham san’at saroyi, u yerda tomoshabinlar uchun yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy qishloq massivlari, bozorlardagi to‘kinlik ko‘zni quvnatadi. Odamlar yuz-ko‘zida ko‘tarinkilik, ertangi kunga ishonch aks etib turibdi. Bularning barchasi Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasi, deb bilaman.

 

M.Sulaymonov, O‘zA

7829

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular