Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonning mamlakatni demokratlashtirish borasidagi yutuqlari ko‘pchilikning havasini tortadi

Shamil Ayrim, «Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi bosh direktorining o‘rinbosari (Turkiya):

 

– Saylov uchastkalarida parlament saylovi jarayonlarini diqqat bilan kuzatmoqdaman. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etayotgani quvonarli. O‘zbekistonda saylovlarni demokratik ruhda o‘tkazish uchun juda ko‘p ish qilingani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Saylov uchastkalari zarur jihozlar bilan ta’minlangani – ovoz berish kabinalari, saylov varaqalarini tashlash uchun shaffof qutilar va boshqa jihatlar saylovchilar uchun yaratilgan qulay sharoit va keng imkoniyatlardir. Barcha ovoz beruvchilar deputatlikka nomzodlarning dasturlari, saylovga oid zarur ma’lumotlardan yetarlicha xabardorligi saylovga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilganining tasdig‘idir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z ishini g‘oyat puxta va to‘g‘ri, aniq va istiqbolli rejalar asosida olib borayotgani o‘rnak olsa arzigulikdir. Mamlakatingiz saylov qonunchiligi yanada takomillashganini alohida ta’kidlash lozim. Mazkur qonuniy hujjatlar va unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur jihatlarni qamrab olgan. Amaldagi saylov tizimi umume’tirof etilgan xalqaro normalar – demokratiya, oshkoralik, muqobillik va ko‘ppartiyaviylik tamoyillariga to‘liq mos keladi.

 

O‘zbekistonga bundan o‘n yil oldin kelgan edim. Bu vaqt ichida mamlakatingiz yanada chiroy ochganiga guvoh bo‘ldim. Muhtasham binolar, mahobatli inshootlar, keng va ravon yo‘llar, ozoda ko‘chalar, xiyobonu saylgohlar har qanday kishida unutilmas taassurot qoldiradi.

 

O‘zbekiston mamlakatni demokratlashtirish borasida g‘oyat katta yutuqlarga erishgani ko‘pchilikning havasini tortmoqda.

 

Iroda Umarova, O‘zA

5638

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular