Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylovchilar faollik bilan, erkin ovoz berayotir

Irina Rodnina, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati, MDH ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zosi:

 

– Saylov mamlakatni demokratlashtirish jarayonidagi muhim siyosiy voqeadir. Shu bois munosib nomzodlarning saylanishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, saylov tizimi muttasil takomillashtirib borilayotir.

 

Toshkentdagi bir necha saylov uchastkasida saylov jarayonlarini bevosita va sinchkovlik bilan kuzatdim. Ularning hammasida ushbu siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani yaqqol sezilib turibdi. Saylovchilar va kuzatuvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni ham a’lo darajada tashkil etilgan. Saylov uchastkalari komissiyalari a’zolari ovoz berayotgan fuqarolarning savollariga batafsil javob qaytarmoqda. Saylovchilar faollik bilan, emin-erkin ovoz berayotir.

 

O‘zbekistonga bundan o‘ttiz yil avval kelgan edim. O‘zbekiston tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibdi. Ko‘plab sohalarda, jumladan, bunyodkorlik jabhasida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar havasimni tortdi. O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shilishini tilayman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

 

Nodira Manzurova, O‘zA

3497

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular