Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Ekologiya muammolarini bartaraf etish yo‘lida

Vladimir Bachishin, Pan-Yevropa universiteti professori (Slovakiya):

 

– Saylov uchastkalarida mazkur muhim siyosiy voqea uchun katta hozirlik ko‘rilgan. Bu Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 637-saylov uchastkasida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Uchastkalarda saylovchilarning o‘z xohish-irodasi bilan erkin ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldim.

 

O‘zbekistonda saylov tizimi va saylovga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar takomillashtiriib borilayotgani, bu borada qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani diqqatga sazovor. O‘zbekiston siyosiy partiyalari o‘rtasidagi raqobat e’tiborimni tortdi. Bu omillar mamlakatingizning demokratik mexanizmlar standartlariga moslashuvini ta’minlamoqda.

 

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan ekologiya muammolarining yechimini topishda turli tashabbuslar ilgari surilmoqda. Milliy va xalqaro miqyosda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu jihatdan mamlakatingizda O‘zbekiston Ekologik harakati tuzilgani va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida mazkur harakat vakillari uchun deputatlik o‘rinlari ajratilgani ekologik muammolarni bartaraf etishda ilgari surilayotgan ulkan tashabbus, deb o‘ylayman.

 

Iroda Umarova, O‘zA

5683

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular