Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Ochiqlik, adolat va tenglik – bosh mezon

Surxondaryo viloyatidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari bilan tanishayotgan xorijlik kuzatuvchilar saylovlar ochiqlik, adolat va demokratiya tamoyillari asosida o‘tayotganini ta’kidlamoqda.

 

Pravda Ratxor, “World mass communication” jurnali bosh muharriri, Hindiston:

 

– Bugun bo‘lib o‘tayotgan ochiq va oshkora saylovlarda O‘zbekiston Prezident Islom Karimov rahnamoligida kuchli demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotganini namoyon etmoqda. Saylovchilar o‘z xohish-irodasini emin-erkin bildirayotgani bunga yaqqol misol. Siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanilayotgani aholini mazkur jarayonga keng jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Saylov uchastkalarida OAVning ishtirokini ta’minlash uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘zbekistonning milliy qonunchiligida saylovlarni adolat va tenglik tamoyili asosida o‘tkazish normalari mustahkamlab qo‘yilgani mamlakat rivoji uchun xizmat qilmoqda.

 

Shirin Akiner, Kembrij universiteti professori, Buyuk Britaniya:

 

– Saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarida ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb masalalar o‘z aksini topib, ularning mamlakat ravnaqi va aholi farovonligi uchun yo‘naltirilgani ahamiyatlidir. Biz saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilar faol ovoz berayotganini ko‘rdik. Siyosiy partiyalarning vakillari va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdik. Ularning har biri dastur va maqsadlari haqida to‘lqinlanib gapirib berdi.

 

Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, saylovlarga katta hozirlik ko‘rilgan va aholining faolligi yanada oshgan. Bu muhim siyosiy jarayonning tub mohiyatini odamlarga tushuntirish uchun ko‘p ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldim.

 

Termizga besh yil oldin kelgan edim. Bu vaqt ichida ro‘y bergan ulkan bunyodkorlik ishlari, yangilanish va o‘zgarishlarni ko‘rib, quvondim. Bularning barchasi O‘zbekistonni demokratik yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir.

 

O‘zA, X.Mamatrayimov

7694

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular