Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Ochiq va oshkora saylovlar – demokratiyaning muhim mezoni

Syuzan Skanlan, xalqaro kuzatuvchi (AQSh):

 

– O‘zbekiston saylov tizimida xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilgani e’tiborimni tortdi. Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilgani tahsinga sazovor. Deyarli har bir okrug bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida ayollar borligi o‘rnak olsa arzigulik saylov amaliyotidir.

 

Samarqand viloyatida saylov jarayonlarini kuzatib, fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etayotganiga guvoh bo‘ldim. Bu holatni amerikaliklar bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston fuqarolarida faollik va daxldorlik tuyg‘usi yuqoriligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, yoshlarning shijoati, o‘z kelajagiga befarq emasligi e’tiborimni tortdi. Ular bilan suhbatlashib, bilim va tafakkuri kengligiga qoyil qoldim. Saylov qonunchiligi bo‘yicha juda yaxshi ma’lumotga ega ekan.

 

Abram Rakko, xalqaro kuzatuvchi (Italiya):

 

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida ovoz berish jarayoni juda faol o‘tmoqda. Yoshlarning siyosiy faolligi, ko‘tarinki kayfiyati, dunyoqarishining kengligi, atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga to‘g‘ri va xolis munosabat bildira olishi menda katta taassurot qoldirdi.

 

Amudaryo tumanidagi bir necha saylov uchastkasida bo‘ldim. Odamlarning hamjihatligi diqqatimni tortdi. Ayniqsa, 80-saylov uchastkasida yoshlar bilan muloqotim uzoq vaqt xotiramda saqlanadi. Bilimli, iqtidorli yoshlar o‘z fikrlarini ingliz tilida bemalol, erkin bayon qilishdi.

 

Yurtning obodligi, shaharlarning ko‘rkamligi, qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan turar-joylarni ko‘rib, havasim keldi.

 

Peter Franks, “WOSTOK” jurnali bosh muharriri (Germaniya):

 

– Urganch shahridagi 22-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bilan tanishar ekanman, saylovchilarning faolligi meni hayratlantirdi. Soat o‘ngacha qirq foiz saylovchining ovoz berib bo‘lganiga o‘zim guvohman.

 

Saylovchilarning bu qadar faolligini boshqa davlatlarda kuzatish qiyin. Masalan, Germaniyada parlament saylovlarida kun davomida yetmish foiz, boshqa saylovlarda 50-60 foiz aholi ovoz beradi. Bu yerdagi saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar va komissiya a’zolarining ish faoliyati to‘g‘risida faqat yaxshi fikrlar aytaman. Xorazmga safarim davomida bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishib, O‘zbekistonning taraqqiyoti bundan-da yuksak bo‘lishiga ishonch hosil qildim.

 

Akkan Suver, «Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi bosh direktori (Turkiya):

 

– Men ko‘p davlatlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O‘zbekistondagi saylovlardan o‘rnak olsa arziydi. Farg‘ona shahridagi 697-saylov uchastkasida saylovchilarning faolligi bizni hayratga soldi. Onalar qo‘lida chaqalog‘i bilan kelib, o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirmoqda. Buning uchun maxsus ona va bola xonasi tashkil qilingan. Saylov uchastka komissiyalari tarkibida ham xotin-qizlarning ko‘pligi muhim mezon hisoblanadi. Keksalar, bemorlar uchun maxsus qutilar tashkil etilishi va ularning uyiga borilishini boshqalar ham o‘zida tatbiq etsa arziydi. O‘zbekistonni “Osiyo gavhari” deb atashlarida juda katta haqiqat va hikmat borligiga amin bo‘ldim.

 

O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish, xalq farovonligini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston xalqi kelajakka qat’iy ishonch bilan yashayotganini bugungi saylov ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

 

G‘.Hasanov, A.Ortiqboyev, A.Shokirov, M.Sulaymonov, O‘zA

6590

21Dekabr 2014



Dolzarb mavzular