Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga hamda «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunning 2-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

1. 2015 yil 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 2014 yilning 26 dekabridan boshlanishi e’lon qilinsin.

 

3. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi axborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda «O‘zbekistan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Axborotnomasi» va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan yetkazish ta’minlansin.

 

4. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

 

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                                                                      M.Abdusalomov

 

 

Toshkent shahri,

2014 yil 26 dekabr.

6557

26Dekabr 2014



Dolzarb mavzular