Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:

 

1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi binosi, Nukus shahri, U.Tatiboyev ko‘chasi, 19-uy. Saylovchilar soni – 1159795 kishi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasi doirasida.

 

2-Andijon saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 32-uy. Saylovchilar soni – 1923333 kishi.

 

Andijon viloyati chegarasi doirasida.

 

3-Buxoro saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 3-uy. Saylovchilar soni – 1229045 kishi.

 

Buxoro viloyati chegarasi doirasida.

 

4-Jizzax saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 70-uy. Saylovchilar soni – 813965 kishi.

 

Jizzax viloyati chegarasi doirasida.

 

5-Navoiy saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi, 67-uy. Saylovchilar soni – 628592 kishi.

Navoiy viloyati chegarasi doirasida.

 

6-Namangan saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy. Saylovchilar soni – 1713268 kishi.

 

Namangan viloyati chegarasi doirasida.

 

7-Samarqand saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy. Saylovchilar soni – 2294602 kishi.

 

Samarqand viloyati chegarasi doirasida.

 

8-Sirdaryo saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy. Saylovchilar soni – 513100 kishi.

 

Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida.

 

9-Surxondaryo saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san’at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 12- “V” uy. Saylovchilar soni – 1515308 kishi.

 

Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida.

 

10-Toshkent viloyati saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – viloyat moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 17-uy. Saylovchilar soni – 1905858 kishi.

 

Toshkent viloyati chegarasi doirasida.

 

11-Farg‘ona saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi binosi, Farg‘ona shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 27-uy. Saylovchilar soni – 2342899 kishi.

 

Farg‘ona viloyati chegarasi doirasida.

 

12-Xorazm saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G‘afur G‘ulom ko‘chasi, 1-uy. Saylovchilar soni – 1127706 kishi.

 

Xorazm viloyati chegarasi doirasida.

 

13-Qashqadaryo saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy. Saylovchilar soni – 1903740 kishi.

 

Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida.

 

14-Toshkent shahar saylov okrugi

 

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma’muriy binolardan foydalanish departamentiga qarashli bino, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy. Saylovchilar soni – 1726841 kishi.

 

Toshkent shahri chegarasi doirasida.

 

2. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Raisi                                                                                                                            M.Abdusalomov

 

Toshkent shahri,

2015 yil 7 yanvar.

10497

07Yanvar 2015



Dolzarb mavzular