Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilar missiyasi o‘z ishini boshladi

2016-yil 1-dekabr kuni Toshkentga Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) Bosh kotibi Kim Yon Xi keldi. U 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha BSOA missiyasiga rahbarlik qiladi.

Shu kunning o‘zida Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K.Adilov BSOA kuzatuvchilari missiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Missiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ta’kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi ochiq va oshkora saylov to‘g‘risidagi qonunlar talablariga va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilot sifatida 2013-yil oktabr oyida tashkil topgan BSOA ta’sischilaridan biri hisoblanadi. Assotsiatsiyasining qarorgohi Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida joylashgan bo‘lib, u hozirgi kunda dunyoning 102 mamlakatidan 106 ta saylov organini birlashtirgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini

yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

7630

01Dekabr 2016



Dolzarb mavzular