Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylov jarayonlari xolis va haqqoniy o’tmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga turli xorijiy davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar, ekspertlar kelishi davom etmoqda. Ular saylovga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda. O’zA muxbirlari ular bilan suhbatda bo’ldi.

Vladimir Churov, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining alohida ishlar bo’yicha elchisi:

O’zbekistonda Prezident sayloviga juda qisqa muddatda yuqori darajada tayyorgarlik ko’rildi. Bu mamlakatingizda xalqaro standartlarga muvofiq saylov qonunchiligi va saylov tizimi mavjudligi, o’ziga xos saylov tajribasi to’plangani samarasidir.

Saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida keng ko’lamda ishlar amalga oshirilgan. Bu saylovning xalqaro standartlarga muvofiq o’tishiga xizmat qilmoqda.

Prezident saylovini kuzatishga Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalardan vakillar tashrif buyurgani, kuzatuvchi davlatlar va ularning vakillari safi kengaygani uning yuksak ahamiyatini ko’rsatib turibdi.

Biz 4 dekabr kuni Farg’ona va Andijon viloyatlaridagi saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishishni rejalashtirganmiz.

Samanta Pekston, Sietl-Toshkent birodarlashgan shaharlar uyushmasi raisi (AQSh):

O’zbekiston huquqiy demokratik davlat qurib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirmoqda. Parlament va Prezident saylovlarining ochiq-oshkora o’tishi bu yo’lda muhim omil sanaladi.

Mamlakatingizda navbatdagi Prezident saylovi yuqori darajada tashkil etilgan. Saylovning asosiy sifati bo’lgan tenglik va ochiqlik ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham namoyon bo’lmoqda. Yurtingizga kelishdan oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar bilan muntazam tanishib turdim. Kuzatishlarim natijasida ishonch bilan ayta olamanki, saylov jarayonlari xolis va haqqoniy o’tmoqda.

Mixael Borxman, Germaniya-Osiyo iqtisodiy forumi boshqaruvi a’zosi:

O’zbekistonda saylovga puxta tayyorgarlik ko’rilgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

Saylov qonunchiligi takomillashtirilgani, sud-huquq tizimida izchil islohotlar amalga oshirilayotganidan xabardormiz. Mamlakatingizda "elektron hukumat" tizimi rivojlantirilmoqda. Bu davlat idoralari va aholi o’rtasidagi aloqalarning samaradorligini ta’minlamoqda. Fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratilayotgani nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy masalalarni o’z vaqtida hal etishda muhim omil bo’lmoqda. Mazkur holat davlat hokimiyatining ochiqligi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faolligiga dalildir.

Elena Paskaleva, Leyden universiteti professori (Niderlandiya):

Saylov jarayonlarida aholi, ayniqsa xotin-qizlarning faolligi e’tiborga loyiq. Mamlakatingizda 10 million xotin-qiz saylovda qatnashish uchun ro’yxatga olingan. Bu juda muhim va katta ko’rsatkichdir. Aholining siyosiy ongi va saylovdagi faolligining asosiy omili ta’lim tizimining yaxshi yo’lga qo’yilganligi, deb o’ylayman.

O’zbekistonda o’quvchilar maktabdanoq Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati bilan tanishmoqda, huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirmoqda. Bu muhim ahamiyatga molik masala.

Izzatulloh Hashmi, “Urdu News” va “Arab News” gazetalari muharriri (Saudiya Arabistoni):

– O’zbekistonning saylov jarayonlarida birinchi bor kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqdaman.

Boshqa davlatlar saylov tizimi, saylovoldi tashviqotlari bilan taqqoslaydigan bo’lsam, O’zbekistondagi ikki jihat e’tiborimni tortdi. Biri nogironlar va saylov uchastkalariga kela olmaydigan fuqarolarga yaratilgan engilliklar. Ikkinchisi saylov uchastkalarida ona va bola, tibbiyot xonalarining mavjudligidir. Bular insonparvarlik, saylovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan ezgu ishlardir. O’zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik yuqori bahoga loyiq.

Ossama Srour, “Arab Times” gazetasi muharriri (Kuvayt):

– Buxoro viloyatining bir necha saylov uchastkalarida bo’ldik. Poytaxtingizda tashkil etilgan press-klub ham biz, jurnalistlar uchun katta qulaylik bo’ldi. Ko’plab davlatlarda saylov jarayonlarini kuzatganman. O’zbekistonda saylovchilar, kuzatuvchilar va jurnalistlarga yaratilgan qulayliklar havas qilsa arzigulik. O’zbekistonda Prezident saylovi jarayonining o’ziga xosliklari haqida Kuvayt ommaviy axborot vositalari uchun turkum materiallar tayyorlamoqdaman.

O’zA 

8535

03Dekabr 2016



Dolzarb mavzular