Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Men tanlagan nomzod eng munosib, har bir saylovchi shunday fikrda ovoz bermoqda

Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, infratuzilma obyektlarini takomillashtirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, mahsulot yetishtiruvchilarni suv bilan kafolatli ta’minlash doimiy e’tiborda.

Bugungi saylovda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Hazorasp tumanidagi 251-saylov uchastkasida shunday manzarani kuzatish mumkin. Hududda ro‘yxatga olingan 2 ming 900 dan ziyod saylovchi orasida Tuyamo‘yin gidrouzelining ishchilari ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

– Har bir nomzodning dasturi bilan yaqindan tanishib, saylovga oid huquqlarimdan foydalangan holda o‘zim tanlagan, munosib nomzodga ovoz berdim, – deydi Tuyamo‘yin gidrouzelining ishlatish boshqarmasi boshlig‘i Qurbonboy Bobojonov. – Biz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini suv bilan ta’minlash ishlarini olib boramiz. Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirilmoqda.

O‘zA 

9266

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular