Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylov yuksak saviyada o‘tmoqda

Navoiy viloyati saylov uchastkalarida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qizg‘in davom etmoqda. Viloyatda 641 ming 380 saylovchi ro‘yxatga olingan. 

11.jpg

Konimex tumani Abay nomidagi naslchilik shirkat xo‘jaligi hududida joylashgan 179-saylov uchastkasida 401 saylovchi ro‘yxatga olingan.

– Men ham yurtimiz kelajagi uchun ovoz berdim, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador Berikbay Darmenov. – Oilamizning har bir a’zosi saylovda ishtirok etdi. Mamlakatimiz ertasi, xalqimiz taqdiri uchun muhim siyosiy jarayonda ovuldoshlarimiz faol qatnashmoqda. Xo‘jaligimiz asosan chorva bilan shug‘ullanadi. Biz bugun turmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun kurashadigan munosib nomzodga ovoz berdik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident saylovi viloyatning barcha hududlarida yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.

Nuriddin Rahimov, O‘zA 

6472

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular