Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Soliq tizimi xodimlari saylovda faol ishtirok etmoqda

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari izchil ta’minlanayotir. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oqilona soliq siyosati natijasida soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1995-yildagi 41 foizdan ikki martadan ko‘proq kamayib, 2015-yilda 20 foizni tashkil etdi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 2005-yilda 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda 7,5 foiz qilib belgilandi.

Mazkur soha xodimlari ham O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda.

– Mamlakat rivojida har bir sohaning, har bir fuqaroning o‘z o‘rni bor, – deydi Yunusobod tumanidagi 640-saylov uchastkasida ovoz bergan saylovchi, Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori Gavhar Boymatova. – Bu mustaqil taraqqiyot yillarida O‘zbekistonimiz erishgan muvaffaqiyatlarda ham o‘z aksini topdi. Bugungi saylovda barcha yurtoshlarimiz, turli soha vakillarining faol ishtirok etayotgani ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Aytish joizki, soliq tizimi xodimlari nafaqat davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, balki aholiga, ayniqsa, tadbirkorlarga qulayliklar yaratishga intilib, bu borada yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Hozirgi kunda soliq to‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘lami kengayib borayotgani, ularga sohaning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 31 turdagi interaktiv va elektron axborot xizmatlari ko‘rsatilayotgani buning isbotidir. Bunday imkoniyatlar aholi, ayniqsa, tadbirkorlarning vaqti va mablag‘ini tejash, ovoragarchiliklarning oldini olmoqda. Bu mamlakatimizning yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.

Norgul Abduraimova, O‘zA 

6602

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular