Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Brayl alifbosidagi byulletenlar

Jizzax shahridagi 25-saylov uchastkasida 64 nafar ko‘zi ojiz saylovchi brayl alifbosi tushirilgan byulletenlardan foydalangan holda ovoz berdi. 

– Oldingi saylovlarda bunday imkoniyat yo‘qligi bois biror kishining ko‘magida ovoz berar edik, – deydi Jizzax shahridagi ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘qituvchisi Oybek Sa’dullaev. – Masalan, o‘zim uchastkaga qizim bilan kelardim. Byulletendagi nomzodlar ro‘yxatini o‘qib bergach, men o‘zim tanlagan nomzodni aytardim. Endi byulletenda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar brayl alifbosi bilan berilgani tufayli o‘zim o‘qib, o‘zim belgilash imkoniyati mavjud. Bu saylovda barcha uchun teng, adolatli sharoit yaratilgani tasdig‘idir.

Jizzax viloyat okrug saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha saylov uchastkalari brayl alifbosi asosidagi saylov byulletenlari bilan ta’minlangan. Saylovga tayyorgarlik jarayonida O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda ko‘rish qobiliyati cheklangan saylovchilar o‘rtasida brayl alifbosi tushirilgan byulletenlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar maxsus tayyorlangan byulletenlardan foydalanib, ovoz berishda qatnashayotgani mazkur siyosiy jarayon yurtimizda ochiqlik, tenglik va adolat tamoyillari asosida o‘tayotgani ifodasi ekanini uchastkalarda bo‘lgan xorijiy kuzatuvchilar ham keng e’tirof etmoqda.

Toshqul Beknazarov, O‘zA 

6654

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular