Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Tadbirkorlar farovon hayotimiz uchun ovoz bermoqda

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar o‘sdi, uning tarkibida sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga yetdi. Mamlakatimiz global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari oxirgi 11-yil davomida kamdan-kam davlatlar qatorida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. 

13.jpg

Bunga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgani puxta zamin yaratdi. Tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar tufayli yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi yil sayin o‘sib bormoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan ruhlangan tadbirkorlarimiz jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchiga aylanish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.

Tadbirkorlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi saylov jarayonida ham faol qatnashmoqda. Toshkent shahridagi 195-saylov uchastkasida ana shunday manzarani kuzatish mumkin.

– Konstitutsiyamiz asosida barcha sohalarning qonunchilik asoslari mustahkamlanib borayotgani mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda, – deydi poytaxtimizdagi “Lak bo‘yoq servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashqi ishlar menejeri Hojiakbar Ismoilov. – Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilini ro‘yobga chiqarish mexanizmi yanada mustahkamlangani shulardan biridir. Ayni paytda davlat organlari, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar bu tamoyilning so‘zsiz amalga oshirilishiga bevosita mas’ul etib belgilandi. Bu tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bundan foydalanib biz xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarayotgan bo‘yoqlarimizni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqara qila boshladik. Fuqarolarning saylovga oid huquqlari ham qonunlar asosida kafolatlangani saylov jarayonida erkin ishtirok etish, erkin ovoz berishda o‘z ifodasini topmoqda. Bu jamiyatimizda erkin fuqarolik jamiyati mustahkam qaror topgani, davlatimizning jahon hamjamiyatida huquqiy demokratik davlat sifatida munosib o‘rin egallaganidan dalolat beradi. Jamoamiz a’zolari ham saylovda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Norgul Abduraimova, O‘zA 

7130

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular