Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Farzandlarim mendan ham baxtli yashashiga ishonaman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bu gal mamlakatimiz Konstitutsiyasi kuni arafasida o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan Bosh Qomusimiz bizga ko‘plab huquqlar berdi. Bugungi saylovda o‘z xohish-irodamizni erkin ifoda etishimiz ham ana shunday huquqlardan biridir. 

Saylovda har bir kishi bir ovozga ega. Shuning uchun ham bugun oilamizning barcha a’zolari o‘zimiz yashaydigan hududdagi 346-saylov uchastkasiga kelib, ovoz berdik. Milliy saylov qonunchiligimizga muvofiq, har kim o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish uchun saylov uchastkasiga keladi.

Inson baxtli yashashi uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilgan jamiyatda yashab turib, unda kechayotgan jarayonlarga befarq bo‘lish mumkin emas. Vatanimizning ertangi taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega saylovda yurtdoshlarimizning faol ishtirok etayotgani bejiz emas.

Men – fermerman va bundan faxrlanaman. Mustaqillik tufayli mamlakatimizda xususiy mulkka alohida e’tibor qaratildi, fermerlik jamiyatning yetakchi kuchiga aylandi. Bugun yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosan fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunda fermerlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va qulayliklar muhim omil bo‘layotir.

Fermer xo‘jaligimiz yildan-yilga rivojlanmoqda. Xo‘jaligimiz 10 zamonaviy texnikaga ega. Bu mavjud 66 gektardan ziyod maydonda barcha dehqonchilik ishlarini obi-tobida amalga oshirish uchun yetarli. Joriy yilda paxta hosilini mo‘ljaldagidan oshirib bajardik. Dondan ham barakali xirmon ko‘tardik. Yetishtirilgan g‘allaning 62 tonnasi shartnoma asosida davlatga sotilgan bo‘lsa, 65 tonnasi ixtiyorimizda qoldi. Undan xo‘jaligimiz barcha a’zolari mehnat ulushiga qarab bahramand bo‘ldi. Bunday holni sobiq tuzum davrida tasavvur ham qilib bo‘lmasdi.

Xo‘jaligimiz ko‘ptarmoqli. Dehqonchilik bilan birga, chorvachilik va baliqchilik ham barqaror rivojlanmoqda. Kelgusi yili sutni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yamiz. Bu yana bir necha yangi ish o‘rni degani.

Biz erkin mehnat qilib, farovon yashamoqdamiz. Mamlakatimizning ertasi bundan-da nurafshon bo‘lishiga ishonamiz. Farzandlarim, nevaralarim mendan yaxshiroq va baxtliroq yashashiga ishonchim komil. Ertaga amalga oshiriladigan islohotlar turmushimizni yanada to‘kin qiladi. Saylovda mana shuning uchun ovoz berdim.
  
Ro‘ziqul Saylixonov,
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi
“Sohib” fermer xo‘jaligi rahbari,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor

8312

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular