Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yuksalmoqda

Gerxard Gyunter Birkl, Germaniyaning “Silk Road Company” madaniy-jamoatchilik kompaniyasi direktori:

1-Герхард Гюнтер БИРКЛ (Германия).jpg– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuksak saviyada o‘tmoqda. Saylov uchastkalarida har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidan to‘liq foydalanishini ta’minlash, saylovni milliy qonunchilik va xalqaro demokratik prinsiplar asosida ochiq va oshkora ruhda o‘tkazish borasida barcha sharoit yaratilgan.

Uchastkalarda ona va bola xonalari tashkil qilingani menda katta taassurot qoldirdi. Bu tajribani Germaniyada ham qo‘llash mumkin ekan. Bu qulaylik saylovchini o‘zi ma’qul bilgan nomzodga chalg‘imasdan, erkin ovoz berishini ta’minlaydi.

Qarshi shahri menga yoqdi.

O‘zbekistonning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda. Yurtingizda turizm sohasi izchil rivojlanib, xorijlik sayyohlar oqimi ortayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

O‘zbekistonga qilgan safarlarim sarhisobi hamda xalqingizning boy tarixi, buguni bilan Germaniya va butun Yevropani tanishtirish maqsadida maxsus galereya tashkil etganman. Unda buyuk Amir Temur haqida ham ma’lumotlar bor. Bu galgi safarimda yanada ko‘p ma’lumot yig‘ib, uni yanada boyitmoqchiman.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA 

8435

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular