Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston – barqaror rivojlanayotgan mamlakat

Chjen Si, Xitoyning «China Daily» gazetasi muxbiri: 

1-Чжен ЦИ, (Хитой).JPG– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi hududidagi bir necha saylov uchastkasida bo‘ldim. Ularda ushbu muhim siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Oshkoralik va adolat – demokratik saylovlarning eng muhim jihatidir. Bu borada saylov uchastkalarida jarayonning borishini bevosita kuzatib boradigan siyosiy partiyalar va xorijiy kuzatuvchilar uchun ham zarur sharoit yaratilgan.

Saylovga tayyorgarlik jarayonida har bir jihat hisobga olingani e’tiborimni tortdi. Masalan, uchastkada zarurat bo‘lib qolganda, murojaat qilinadigan tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi bilan tanishdim.

Ayollar va bolalarga alohida e’tibor qaratish xalqingizning o‘ziga xos qadriyatlaridan biri ekanidan xabarim bor. Buning amaliy isbotini barcha saylov uchastkasida ona va bola xonasi hozirlab qo‘yilganida ham ko‘rish mumkin. Ovoz berish uchun kelayotgan ayollar bolasini tarbiyachi ixtiyorida qoldirib, bemalol o‘z konstitutsiyaviy burchini ado etmoqda.

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida joylashgan 27-saylov uchastkasida bo‘ldim. Bu yerda saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan birga, kollejda neft va gaz sanoati tarmoqlari uchun zarur o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun yaratilgan qulayliklar, o‘quvchilarning yer osti boyliklarini o‘zlashtirish, shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirishga oid ixtirochilik qurilmalari bilan tanishdim.

O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan mamlakatlardan biridir. Bu yerda qulay investitsiya muhiti yaratilgani xalqaro iqtisodiy aloqalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buxoro viloyatida o‘nga yaqin O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat yuritayotgan ekan. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yorqin ko‘rinishi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat) O‘zA 

7142

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular