Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

O‘zbekiston saylov qonunchiligi yildan-yilga takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi saylov uchastkalarida saylov jarayoni bilan tanishdi.

Dominik Tilmans, ​Belgiya Qirolligining faxriy senatori:


2- Доминик Тилманс (Белгия).jpg– O‘zbekistonga har safar kelganimda ulkan o‘zgarishlar, hayratlanarli rivojlanishning guvohi bo‘laman. O‘zbekiston saylov tizimi tobora takomillashtirilmoqda. Ochiqlik, tenglik va xolislik kabi demokratik talablar ta’minlanmoqda. Men saylov jarayonini bevosita kuzatdim, demak, ushbu jarayonga to‘g‘ri va xolis baho bera olaman. O‘zbekistonning milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan xabarim bor. Turli millatlar, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun teng qulayliklar yaratilgani – bu demokratiyaning yorqin ko‘rinishi. Siyosat sohasida 27-yillik tajribaga egaman. Binobarin, saylov tizimini yaxshi tushunaman va shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuqori darajada tashkil etilgan, deb hisoblayman.

Chjan Xunszyan, ShHT kotibiyati maslahatchisi (Xitoy):


– Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator saylov uchastkalarida bo‘ldim. Barcha saylov uchastkalari talab darajasida jihozlangan. Ayniqsa, saylov uchastkalarida boshqa mamlakatlarning saylov amaliyotida uchramaydigan ona va bola, tibbiyot xonalari, nogironlar uchun ovoz berish joyiga kirish va kabinalar tashkil etilib, maxsus jihozlanganini alohida ta’kidlash kerak. Biz xalqaro kuzatuvchi sifatida xolislik, saylov jarayoniga aralashmaslik tamoyillari asosida belgilangan talablarga muvofiq, monitoring ishlari olib boramiz.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA 

5799

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular