Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Xalqingiz munosib yetakchini saylaydi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, demokratik tamoyillar asosida ochiq, oshkora va hamjihatlikda o‘tmoqda.

Кобякова Ольга СНГ.JPGO‘zbekiston davlat konservatoriyasida tashkil etilgan 517- va 518- saylov uchastkalarida saylovchilar konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, ertangi porloq kelajak uchun ovoz berdi. Bu yerdagi saylov jarayonini siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlardan vakillar kuzatib bordi.

– Men kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilganini yuqori baholayman, – deydi MDH Ijroiya qo‘mitasining kuzatuvchilar missiyasi vakili Olga Kobyakova. – Saylovoldi jarayonlarini o‘rganish maqsadida Samarqand shahrida bo‘ldik. O‘zbekistonga ilk bor kelishim, o‘ziga xos go‘zal va betakror diyorning zamonaviy va obod shaharlari meni o‘ziga maftun etdi. Ayniqsa, Samarqanddagi tarixiy obidalar kishini hayratga soladi. Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida saylov jarayonini kuzatdik. Saylovchilar ko‘tarinki kayfiyat bilan saylovda faol ishtirok etganiga guvoh bo‘ldik.

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 167-saylov uchastkasida ham saylovchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan.

– O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun kelgan xalqaro kuzatuvchilar qatorida tashkilotimiz vakillari ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda, – deydi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi vakili Igor Chamov. – Saylovda xalqingizning birdamligi, hamjihatligi va siyosiy faolligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Mamlakatingizga ilk bor kelib, bu tarixiy voqeada kuzatuvchi bo‘lib qatnashayotganimdan xursandman.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA 

7770

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular