Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Ertangi kunga qat’iy ishonch bilan

Vladimir Mesamed, Quddus universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti professori (Isroil):

– Ikki yil avval Parlament saylovlarida kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga kelgan edim. Ikki yilda ro‘y bergan o‘zgarishlar menda katta taassurot qoldirdi. Jizzax shahrini taniyolmay qoldim. Shaharga kiraverishda barpo etilgan zamonaviy turar-joylardan iborat yangi massivlar, bozorlar, yo‘llar, ijtimoiy inshootlar – bu taraqqiyot sur’atining yuqoriligini ko‘rsatib turibdi.

Jizzax shahridagi 22-saylov uchastkasida bo‘ldim. Saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ovoz berish jarayoni xalqaro me’yorlar asosida tashkil etilgan. Saylovchilar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi islohotlar samarasidan bahramand ekani tufayli ertangi kunga ishonch bilan saylovda faol ishtirok etdi. Demokratik tamoyillar asosidagi saylovda fuqarolar mamlakat izchil rivojlanish yo‘lidan borishiga ishonmoqda. Bu juda muhim.

Toshqul Beknazarov, O‘zA 

4786

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular