Ko'rinish

A
A
A
Ko'rinish o'lchami
Shrift o'lchami
Maxsus imkoniyatlar
| Shaxsiy kabinetga kirish | Рус | O'zb | Ўзб | Eng

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Yangiliklar | Ro'yxatga o'tish

Saylovchilar faolligi – demokratik islohotlar ifodasi

Mamlakatimizda Prezident saylovini kuzatgan xorijlik kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar “Press klub: Saylov.uz – 2016” press-klubida ham bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda qatnashdi. O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.
Edgar Kloze, Brandenburg Texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash instituti prezidenti (Germaniya):

1-Эдгар КЛОЗЕ (Германия).JPG– O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asosida mamlakatingiz barcha sohalarda yuksak natijalarga erishmoqda. Mamlakatingizda olib borilayotgan islohotlar zamirida avvalo inson manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirishdek olijanob maqsadlar ko‘zlangan.

Poytaxtingizdagi 409, 213, 348-saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayoni bilan tanishdim. Saylovchilar erta tongdan saylov uchastkalariga kelib, o‘z nomzodiga ovoz berdi. Ularning kayfiyati baland, saylayotgan nomzodiga ishonchi mustahkam.

Mazkur saylov O‘zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi shubhasiz. Odamlarda mamlakat taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi ortgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu mamlakatingizda demokratik islohotlar amaliy natijalar berayotganining ifodasidir.

Ahmed Nubi Musa, Misr Arab Respublikasi axborotlashtirish ishlari vaziri o‘rinbosari:

2-Аҳмед Нуби МУСА (Миср).JPG– Saylovda to‘rtta partiyadan nomzod teng sharoitlarda raqobatlashgani O‘zbekistonda demokratik andozalar darajasidagi professional saylov tizimi yaratilganidan dalolatdir.

Saylovni biz bilan kelgan bir guruh jurnalistlar ham kuzatdi. Matbuot anjumanlaridan, joylardan tezkor reportajlar berib bordi. Bu ham saylovning adolatliligi, ochiq-oshkoraligining isboti.

Li Ji Yon, Xanguk xorijiy tillar universitetining Markaziy Osiyo kafedrasi mudiri (Koreya Respublikasi):

3-Ли Жи ЁН (Корея Республикаси).JPG– O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatning mustaqil rivojlanish yo‘lini belgilab berdi. Bugun xalqingiz bu yo‘lda yuksak marralarni qo‘lga kiritayotir.

Saylovda yoshlar faol ishtirok etgani tahsinga sazovor. Ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qurilayotgan zamonaviy madaniyat va san’at maskanlari, institut va universitetlar yosh avlodning kelajagi, hech kimdan kam bo‘lmay yashashi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun o‘nlab davlat va qator xalqaro tashkilotlar vakillari kelgan. Ular ushbu saylov qanday o‘tganini o‘z mamlakati va butun dunyoga yoyadi. Bu tadbir natijalari O‘zbekiston uchun, xalqingiz uchun xayrli bo‘lishini, mamlakatingiz yanada ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishini tilayman.

Matnazar Elmuroov, Muhammad Amin (surat), O‘zA 

7056

04Dekabr 2016



Dolzarb mavzular